Toshkentning Sergeli tumanida harakatlanib ketayotgan Cobalt kanalga tushib ketdi.
FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 12-yanvar kuni “Xonobodtepa” MFY Qipchoq ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Qipchoq kanaliga Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, tushib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruv ekipaji yetib borgan, maxsus asbob-anjomlar va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda avtomobil kanaldan olib chiqilgan.
Sergeli tumani hokimligi matbuot xizmatining bildirishicha, mashinada faqat haydovchi bo‘lgan. Ayni paytda u sog‘-salomat.
Tumanda bu kabi voqea avval ham sodir bo‘lgan. O‘shanda hokimlik tomonidan ko‘prik chetlariga temir panjaralar o‘rnatilgan. Endilikda beton qotishmasi bilan chegaralash ishlari olib boriladi.
Izoh (0)