Buxoro viloyati Kogon shahrida 2-yanvar kuni ayol mast holatda tanishini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 00:52 da 40 yoshli N.E. (erkak) tanishi 35 yoshli R.N.ning (ayol) uyiga kelib, u bilan spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Shundan so‘ng o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashgan, ayol jahl ustida qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan N.E.ning qorniga bir marotaba urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Buning oqibatida N.E. olgan tan jarohatlari bilan Kogon shahar Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Kogon shahar ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyatning kelib chiqish sababi o‘rganilganda shu kuni jabrlanuvchi mast holatda gumonlanuvchi R.N.ning yashash xonadoniga o‘zi bilan olib kelgan aroqni iste’mol qilib, ayolga shilqimlik qilgan
Ular bir-birini haqorat qilishgan, shu payt qo‘shni xonada bo‘lgan R.N.ning shar’iy turmush o‘rtog‘i M.S. holatni eshitib, xotinini himoya qilish maqsadida janjalga aralashgan, R.N. esa jahl ustida qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan tanishi N.E.ga bir marotaba urib, jarohat yetkazgan.
Izoh (0)