Politsiya “PSJ” darvozabonini o‘marishga uringan gumondorni hibsga oldi.
Voqea 2022-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan. Bosqinchi Serxio Rikoning uyini to‘nashni maqsad qilgan. Futbolchi o‘g‘rini qo‘rqitib yuborgan va u uydan hech narsa ololmay, qochib ketgan.
10-yanvar kuni politsiya Parijda gumondorni qo‘lga olgan. U Fransiya poytaxtining 20-okrugidagi 17 yoshli maktab o‘quvchisi bo‘lib chiqdi.
Keyingi kunda ishni voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha sud ko‘rib chiqdi. O‘smir huquq-tartibot idoralari nazorati ostida bo‘lib turadi.
Ushbu ish bo‘yicha sud may oyida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)