“Manchester Siti” Angliya Liga Kubogi chorak finalida “Sauthempton”ga yutqazib qo‘ydi (0:2) va musobaqa bilan xayrlashdi.
Xosep Gvardiola murabbiylik faoliyatida ilk bor mahalliy kubok musobaqasida 1/4 finaldan muvaffaqiyatli o‘tolmadi.
Bunga qadar kataloniyalik mutaxassis 15 ta chorak final o‘yinini muvaffaqiyatli tugatgandi.
Gvardiola “Manchester Siti”ga qadar “Barselona” va “Bavariya”da faoliyat olib borgan.
Izoh (0)