Adliya vazirligi FHDY organlari tomonidan 2021—2022-yil davomida qayd etilgan tug‘ilishlar o‘zaro nisbati haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, 2022-yil davomida FHDY organlari tomonidan respublika bo‘yicha 939 046 nafar bolalarning tug‘ilish qayd etildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12 826 nafarga ko‘p.
Shular jumlasidan:
- 2022-yil davomida 486 114 nafar o‘g‘il bolalarning tug‘ilishi qayd etilgan bo‘lib, 2021-yilga nisbatan 7 017 nafarga ko‘paygan;
- 2022-yil davomida 452 932 nafar qiz bolalarning tug‘ilishi qayd etilgan bo‘lib, 2021-yilga nisbatan 5 816 nafarga ko‘paygan.
Izoh (0)