• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Sof ish haqi reytingi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?

    2022-yilda O‘zbekiston turli xalqaro reytinglardan joy oldi va o‘z o‘rnini mustahkamladi, ayrim hollarda esa yo‘qotishlarga ham duch keldi. “Daryo” mamlakatning bunday reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgargani haqida ma’lumot beradi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Biznes yuritish osonligi reytingi (Ease of doing business)

    Doing Business reytingi kichik va o‘rta biznes yuritish osonligi darajasini ifodalaydi. Hozirgi paytda bunda jami 11 indikator baholanadi: yangi ishni tashkil qilish, qurilishga oid ruxsatnomalar olish, elektroenergiyaga ulanish, mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqalar.

    Doing Business — mamlakatlar investitsiyaviy iqlim holatini tavsiflovchi eng ommaviy reytinglardan biri. 2020-yilda O‘zbekiston 76-o‘rindan 7 pog‘onaga ko‘tarilib, 69-o‘rinni egallagan edi.

    Shundan so‘ng, 2020-yil avgust oyida Jahon banki ushbu yillik reytingni nashr etishni vaqtincha to‘xtatgani haqida bayonot bergan.

    Iqtisodiy erkinlik indeksi (Index of business freedom)

    Iqtisodiy erkinlik indeksi Heritage Foundation tadqiqot markazi tomonidan 1995-yildan beri The Wall Street Journal bilan hamkorlikda tuzib kelinadi. Indeks 0 dan 100 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha baholanadi. Unda 100 ball maksimal erkinlikni ifodalaydi.

    Iqtisodiy erkinlikning umumiy indeksi to‘rtta keng toifaga birlashtirilgan o‘nta komponentdan iborat:

    • qonun ustuvorligi;
    • davlat aralashuvi darajasi;
    • tartibga solish samaradorligi;
    • ochiq bozorlar.

    2022-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy erkinligi indeksi 55,5 ballga teng bo‘lib, 2021-yilga nisbatan 2,8 balga pastlagan va dunyo bo‘ylab 117-o‘rinni egallagan. 2021-yilda mamlakat 58,3 ball bilan 108-o‘ringa chiqqan edi.

    2020-yilda O‘zbekiston 114-o‘rinda, 2019-yilda — 140-o‘rinda, 2018-yilda — 152-o‘rinda edi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    2022-yilda O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 41 mamlakat orasida esa 27-o‘rinni egallab turibdi. Uning umumiy reytingi mintaqaviy va jahon o‘rtacha ko‘rsatkichlari (60 ball)dan past.

    Ekologik samaradorlik indeksi (The environmental performance index)

    Ekologik samaradorlik indeksi — Yel universiteti qoshidagi Ekologik siyosat va huquq markazining aralash ko‘rsatkichisi bo‘lib, u mamlakat yutuqlarini ekologiya va tabiiy resurslarni boshqarish nuqtai nazaridan o‘lchaydi. Ushbu indeks har ikki yilda bir marta e’lon qilinadi.

    2022-yilgi reyting yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston 38,2 ko‘rsatkich bilan dunyo bo‘ylab 107-o‘rinni egalladi.

    Taqqoslash uchun, 2020-yilda mamlakat ushbu reytingda 134-o‘rinni, 2018-yilda esa 136-o‘rinni egallagan.

    Bilim iqtisodiyoti indeksi (Knowledge Economy Index)

    Bilim iqtisodiyoti indeksi bilimga asoslangan iqtisodiyotning rivojlanish darajasini tavsiflovchi kompleks ko‘rsatkichdir.

    Indeks davlatlar tomonidan o‘z siyosatidagi muammoli muammolarni tahlil qilish va mamlakatning bilimga asoslangan rivojlanish modeliga o‘tishga tayyorligini o‘lchash uchun ishlatilishi kerak.

    2022-yilda O‘zbekiston ushbu indeksda 42,4 ko‘rsatkich bilan 83-o‘rinni egallab, 2021-yilga nisbatan 8 pog‘onaga yuqorilagan.

    Sof ish haqi reytingi

    Numbeo onlayn platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda soliqlardan tashqari o‘rtacha oylik ish haqi 279 dollar bo‘lmoqda. Mamlakat bu ko‘rsatkich bilan 106 davlat orasida 96-o‘rinni egallagan.

    O‘zbekiston avvalgi reytingga qaraganda uch pog‘ona yuqoriladi. May oyidagi ma’lumotlarda mamlakat 107 davlat orasida 99-o‘rinda edi.

    Reyting yetakchilari Shveysariya (5 989 dollar), Singapur (4 248 dollar) va Avstraliya (4 143 dollar) bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonliklar MDH davlatlari orasida eng kam oylik ish haqi oladi. Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich Rossiyaga tegishli — 846 dollar.

    Qo‘shni davlatlar orasida Qozog‘iston 423 dollar sof oylik maosh bilan 77-o‘rinni egalladi. Qolgan qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Tojikiston bu ro‘yxatga kiritilmagan.

    GovTech Enablers indeksi

    GovTech Enablers Jahon bankining raqamli ko‘nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar bo‘yicha indeksi. 2022-yilda O‘zbekiston ushbu indeks bo‘yicha 2020-yilga nisbatan 65 pog‘ona yuqoriladi.

    GovTech Maturity Index natijalariga ko‘ra, hukumat va davlat xizmatlari sektori bo‘yicha esa 37 pog‘ona yuqorilab, 198 mamlakat ichida raqamli transformatsiya sohasida yetakchi mamlakatlarning “A” guruhiga kirdi.

    Elektron hukumat reytingi (E-Government Survey)

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan har 2 yilda bir marta o‘tkaziladigan Elektron hukumat reytingining 2022-yilgi natijasida O‘zbekiston 18 pog‘ona yuqorilab, “yuqori/juda yuqori rivojlanuvchi” mamlakatlar qatoriga kirdi.

    Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi (Government Artificial Intelligence Rea dines Index)

    Buyuk Britaniyaning Oxford Insights tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi”da ko‘rsatilgan statistika bo‘yicha O‘zbekiston 160 ta davlat ichida 2019-yilda 158-o‘rinni, 2020-yilda 95-o‘rinni, 2021-yilda 93-o‘rin va 2022-yilda 79-o‘rinni (o‘sish +14) egallagan.

    Yashash uchun eng qulay shaharlar reytingi

    Har yili Economist Intelligence Unit (EIU) tomonidan butun dunyo bo‘ylab yashash uchun eng qulay shaharlar ro‘yxati e’lon qilinadi. 2022-yilgi natijalarga ko‘ra Toshkentda yashash sharoiti biroz yaxshilangan.

    Deyarli barcha shaharlardagi kabi Toshkentda o‘tgan yildan beri vaziyat deyarli o‘zgarmagan — indeks 55—58 atrofida (100 dan).

    2022-yilda vaziyat biroz yaxshilanganiga qaramay, O‘zbekiston poytaxti hali ham yashash uchun u qadar qulay bo‘lmagan shaharlar qatorida qolmoqda.

    Taqqoslash uchun, Toshkent Nayrobi (Keniya), Bangalor (Hindiston) va Tunis kabi shaharlar bilan bir pog‘onada joylashgan.

    World Happiness Report (Baxtli mamlakatlar reytingi)

    Gallup tomonidan an’anaviy ravishda e’lon qilinadigan World Happiness Report—2022 reytingida O‘zbekiston 146 ta mamlakat orasida 53-o‘rinni egalladi. Bu 2021-yilgi ko‘rsatkichlardan 11 pog‘ona past.

    Shuningdek, O‘zbekiston MDHga a’zo davlatlar orasida yetakchilikni boy bergan. Qozog‘iston — 40-o‘rin. Tojikiston (83-o‘rin), Rossiya (80-o‘rin), Qirg‘iziston (64-o‘rin) joy oldi. Turkmaniston esa 75-o‘rinni band etdi.

    Yashash uchun eng arzon mamlakatlar reytingi

    2022-yilda O‘zbekiston mazkur reytingda ishtirok etgan 139 mamlakat ichida 27,31 ko‘rsatkich bilan 133-o‘rinni egalladi.

    Ekspertlar turli mamlakatlarda yashash qanchalik qimmatga tushishini baholagan. Bunda, ijara haqi, do‘konlardagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi, shuningdek, hamyonbop restoranlarga tashrif buyurilganidagi o‘rtacha xarajat hisoblangan.

    Reytingga asos sifatida Nyu-York shahri olingan, aynan u uchta ko‘rsatkich bo‘yicha ham 100 indeksiga ega.

    Reyting mualliflarining hisob-kitobiga ko‘ra, O‘zbekistonda yashash Nyu-Yorkdan ko‘ra, 72,69 foizga arzon.

    10.01.2023, 06:00   Izoh (0)   48486
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston qovun-tarvuz eksportini keskin oshirdi

    09.01.2023, 23:08

    Yevropada gaz narxining tushishiga iliq ob-havo sabab bo‘lgani aytilmoqda

    09.01.2023, 18:40

    O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari keskin ko‘paydi

    09.01.2023, 13:34

    “O‘zavtosanoat” davlatga 613,4 mlrd so‘m dividend to‘lashi ma’lum bo‘ldi

    08.01.2023, 22:43

    Bloomberg: Xitoy Yevropa davlatlari import qilmoqchi bo‘lgan neftni sotib olmoqda

    07.01.2023, 18:18

    Yevropada narxlar o‘sishi ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda

    06.01.2023, 23:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.