Futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 3-bosqichida “Manchester Yunayted” 6-yanvar, juma kuni “Everton”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Antoni hisobni ochdi. 14-daqiqada liverpulliklar a’zosi Konor Koadi muvozanatni tikladi. Jamoalar tanaffusga 1:1 hisobi bilan chiqib ketdi.
Ikkinchi bo‘limda mankunianliklar ishonchliroq harakat qildi va hisobda oldinga chiqib oldi. 52-daqiqada Konor Koadi o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. 90+7-daqiqada Markus Reshford penaltidan unumli foydalanib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Natijada Erik ten Hag shogirdlari g‘alaba qozondi.
Shu tariqa “Manchester Yunayted” keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Angliya Kubogi
3-bosqich bahsi
6-yanvar, juma
“Manchester Yunayted” — “Everton” 3:1
Gollar: 1:0 – 4 Antoni, 1:1 – 14 Koudi, 2:1 – 52 Koudi (avtogol), 3:1 — 90+7 Reshford.“Manchester Yunayted”: De Xea, Diogu Dalot, Varan, Shou, Malasia (Martines, 76), Eriksen (Maguayr, 83), Kazemiro (Fred, 71), Brunu Fernandesh, Marsyal (Garnacho, 71), Reshford, Antoni (Maktomini, 84).
“Everton”: Pikford, Koulmen (Gordon, 81), Godfri, Tarkovski, Koudi, Mikolenko (Maknil, 81), Guye, Onana, Mope (Kelvert-Lyuin, 69), Ivobi (Dukure, 51), Grey.
Ogohlantirishlar: Brunu Fernandesh (28), Godfri (61), Dukure (67), Onana (88).
Izoh (0)