“Manchester Yunayted” darvozabon Jek Batlend transferini e’lon qildi.
29 yoshli darvozabon “Kristal Pelas”dan mavsum oxirigacha ijaraga olindi.
Avvalroq “Manchester Yunayted”da ijarada bo‘lgan Martin Dubravka “Nyukasl”ga qaytib ketgandi. Shu bois mankunianlar zaxira darvozaboniga ehtiyoj sezgan.
Jek Batlend APL joriy mavsumida birorta o‘yin o‘tkazmagan.
Izoh (0)