“O‘zgidromet” 7-yanvar, shanba kuni uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda kelasi hafta anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda
Izoh (0)