Toshkent shahridagi Keles yo‘li ko‘chasining bir qismi ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab qisman yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 2023-yilning 4-yanvaridan ta’mirlash jarayoni yakunlanguniga qadar Keles yo‘li ko‘chasining Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘prigidan Moyariq ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘i avtotransport vositalari harakati to‘xtatilmagan holda qisman yopiladi.
“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq 1-dekabrdan 15-dekabrga qadar Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasining Mirobod tumani shimoliy temiryo‘l vokzali oldida joylashgan yerosti tunnelining bir tomoni yopilgandi.
Izoh (0)