• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    30 milliondan 1 milliardgacha — Yangi yil archalari hokimliklarga qanchaga tushdi?

    Yangi 2023-yil kirib kelishiga ham oz muddat qoldi. O‘zbekistonda esa bayram shukuhini o‘rnatilgan archa va uning bezaklaridan, ko‘chalardagi yorqin, yaltiroq chiroq va bezaklardan his qilish mumkin.

    Yangi yil bayramining asosiy ramzi bo‘lgan bosh archalar O‘zbekistonning qaysi hududlarida o‘rnatilgan va byudjet pullari hisobiga olingan archalarga qancha sarflangan? Ushbu savol bilan viloyat va shahar hokimliklariga yuzlandik. Ammo ayrim hokimliklardan ajratilgan summani ochiqlashni istamadi.

    “Daryo” nashri O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘ylab o‘rnatilgan yangi yil bosh archasi haqida ma’lumotlarni jamladi.

    Quyida yangi yil bosh archalari (viloyatlar kesimida):

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Nukus shahri Islom Karimov ko‘chasi, “Xalqlar do‘stligi” MFYda o‘rnatilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosh archasining balandligi 22 metr. Archani o‘rnatish uchun esa 30 mln so‘m sarflangan.

    Andijon viloyati

    Viloyatning yangi yil bosh archasi Andijon shahrining Amir Temur shohko‘chasiga o‘rnatilgan, balandligi 63 metr. Andijon viloyati hokimlik matbuot xizmati sarflangan mablag‘ni ochiqlashni xohlamadi.

    Buxoro viloyati

    Viloyatning bosh archasi Buxoro shahar I.Mo‘minov ko‘chasi, Abu Ali ibn Sino nomidagi favvoralar maydonida o‘rnatilgan bo‘lib, balandligi 28 metrni tashkil qiladi. Shahar matbuot xizmati sarflangan mablag‘ni ochiqlashdan bosh tortdi.

    Qashqadaryo viloyati

    Bosh archa 31 metr bo‘lib, Qarshi shahridagi viloyat teatri yonida o‘rnatilgan. Viloyat hokimligi matbuot xizmati sarflangan mablag‘ni ochiqlashni istamadi.

    Navoiy viloyati

    Navoiy shahri Islom Karimov ko‘chasi Yoshlik xiyoboniga o‘rnatilgan markaziy archa balandligi 26 metrni tashkil qiladi. Navoiy shahar hokimligi matbuot xizmati ham sarflangan mablag‘ni ochiqlashni istamadi.

    Namangan viloyati

    Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘ida o‘rnatilgan viloyat bosh archasining balandligi 43,4 metrni tashkil etadi. Archani o‘rnatish uchun esa “Namangan istiqlol bog‘i” MCHJ tomonidan 1 mlrd 486 mln so‘m sarflangan.

    Surxondaryo viloyati

    Termiz shahrida yangi yil bayrami munosabati bilan o‘rnatilgan bosh archa “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasi Mustaqillik maydonida joylashgan. Balandligi yuqorisida o‘rnatilgan humo qushi bilan qo‘shib hisoblanganda 25 metrni tashkil etadi. Archa va uning bezaklari uchun 283 mln 940 so‘m ajratilgan.

    Sirdaryo viloyati

    Guliston shahrining Navoiy ko‘chasi, Guliston istirohat bog‘i oldida qad rostlagan archa balandligi 36 metr bo‘lib, uni o‘rnatish uchun 350 mln so‘m sarflangan.

    Toshkent viloyati

    Nurafshon shahridagi yangi amfiteatr hududida 30 metrlik archa o‘rnatilgan. Archani o‘rnatish uchun 350 mln so‘m pul sarflangan.

    Farg‘ona viloyati

    Farg‘ona shahri Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyi ochiq sahniga balandligi 36 metr bo‘lgan yangi yil bosh archasi o‘rnatilgan. Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati sarflangan mablag‘ni ochiqlashni xohlamadi.

    Xorazm viloyati

    Balandligi 33 metr bo‘lgan Xorazm viloyati bosh archasi Urganch shahar markazida o‘rnatilgan. Archani o‘rnatish uchun shahar hokimligi tomonidan 51 mln 500 ming so‘m ajratilgan.

    Toshkent shahri

    Poytaxtning bosh archasi Yunusobod tumani, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi oldidagi maydonga o‘rnatilgan bo‘lib, balandligi 35 metrni tashkil qiladi. Bosh archani o‘rnatish tadbirlari uchun davlat budjetidan 1 mlrd 592 mln 858 ming so‘m sarflangan.

    Jizzax shahri hokimligi matbuot xizmati hamda Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati qayta aloqaga chiqishini aytib, keyingi qo‘ng‘iroqlarimizga javob bermadi.

    Ma’lumotlar viloyat va shahar hokimliklari yordamida tayyorlandi.

    29.12.2022, 16:47   Izoh (1)   17465
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 667792855@telegram.org / 29.12.2022, 17:43

      Essiz shuncha xalqimizning pullari. 2mlrddan oshiq pullar. Shuncha pulni kam taminlanganlarga yoki gaz va svet taqchilligi yolida ishlatilsa qanday yaxshi ish bolar edi>

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi

    29.12.2022, 16:17

    Beva ayolga sihatgoh yo‘llanmasi, bemor operatsiyasiga 20 mln so‘m pul va otasi xorijda ishlayotgan bolaga bayram sovg‘asi: Mirzayevning migrantlar bilan suhbatida...

    29.12.2022, 15:52

    Nima uchun Samarqand va Namangan shaharlariga Respublikaga bo‘ysinuvchi shahar maqomi berilmoqda?

    29.12.2022, 15:51

    Ohangarondagi zapravkada yuz bergan janjal bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

    29.12.2022, 15:31

    “Maktab aslida ‘gorono’ga xo‘jayinlik qilishi kerak” — prezident tuman va viloyat xalq ta’limi bo‘limlarini tanqid qildi

    29.12.2022, 15:16

    Davlat test markazi tomonidan 2022-yil davomida qanday ishlar amalga oshirildi?

    29.12.2022, 15:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22

    Oltin narxi yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

    Dunyo | 8 avgust, 13:10

    Xitoyda kosmik raketa sinov paytida qulab tushdi — OAV

    Dunyo | 8 avgust, 12:59

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    Dunyo | 8 avgust, 12:54

    Dunyodagi yagona bo‘lgan oq Ferrari 250 GTO avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    Avto | 8 avgust, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.