Ozarbayjonning Boku shahrida shaxmat bo‘yicha grossmeyster Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada dunyoning nomdor 10 grossmeysterlari qatorida rapid yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi jahon chempioni, butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi Nodirbek Abdusattorov ham bosh sovrin uchun dona surdi va blits yo‘nalishida ham g‘alaba qozondi. Avvalroq Nodirbek rapid yo‘nalishida g‘oliblikni nishonlagan edi.
Shu tariqa Abdusattorov Vugar Gashimov—2022 xotirasiga bag‘ishlangan superturnir chempioniga aylandi.
Izoh (0)