Futbol bo‘yicha Qatarda bo‘lib o‘tgan JCH—2022 musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqa davomida darvozaga eng ko‘p zarba bergan futbolchilar reytingi aniqlandi. Birinchi o‘rinni 35 yoshli Lionel Messi egalladi. Argentinalik futbolchi darvoza tomon 32 ta zarba bergan.
Uning klubdagi jamoadoshi Kilian Mbappe esa 31 ta zarbani amalga oshirgan.
JCH—2022 davomida darvozaga eng ko‘p zarba bergan futbolchilar:
1. Lionel Messi (Argentina, “PSJ”) – 32 ta zarba;
2. Kilian Mbappe (Fransiya, “PSJ”) – 31;
3. Olivye Jiru (Fransiya, “Milan”) – 16;
4. Ivan Perishich (Xorvatiya, “Tottenhem”) – 16;
5. Lautaro Martines (Argentina, “Inter”) – 14;
6. Jamal Musiala (Germaniya, “Bavariya”) – 12;
7. Serj Gnabri (Germaniya, “Bavariya”) – 12;
8. Neymar (Braziliya, “PSJ”) – 12;
9. Robert Levandovski (Polsha, “Barselona”) – 12;
10. Dani Olmo (Ispaniya, “Leypsig”) – 12.
Zarbalar teng bo‘lib qolgan taqdirda, o‘yinchilarning maydonda o‘tkazgan vaqti hisobga olingan.
Izoh (0)