21-dekabr kuni Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan “ixtirochilik va ratsionalizatorlik” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ma’lumki, Respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ixtirochilik faoliyatini rivojlantirish jamiyatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Joriy yildan boshlab, “ixtirochilik va ratsionalizatorlik” ko‘rik-tanlovi tashkil qilindi va endilikda har yili hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida o‘tkaziladi.
Mazkur tanlovda InnoWeek-2022 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok etgan, Respublikaning 12 ta viloyati va Qoraqalpogiston Respublikasidan yetib kelgan ixtirochi yoshlar o‘zlarining innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdi. Jumladan, 41 nafar yoshlar o‘z taqdimotlari bilan qatnashdi.
Ko‘rik-tanlov g‘oliblari — 3-o‘ringa 60 mln, 2-o‘ringa 75 mln va 1-o‘ringa 90 mln so‘m bilan taqdirlandi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)