Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

14-dekabr kuni Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Turkmaniston, Turkiya va Ozarbayjon rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tdi, uning asosiy mavzusi turkman gazini Ozarbayjon va Turkiya orqali Yevropa bozoriga tranzit qilish masalasi bo‘ldi.

Foto: Kreml matbuot xizmati

Foto: Kreml matbuot xizmati

“Butun dunyo, ayniqsa Yevropa uchun energiya xavfsizligi yanada muhim. Bu borada Boku–Tbilisi–Jayhon neft quvuri va Janubiy gaz koridori alohida ajralib turadi. Biz bu yo‘lak orqali Kaspiy gazini Yevropaga yetkazamiz. Endi Turkmaniston tabiiy gazini xuddi shunday tarzda G‘arb bozorlariga uzatish ustida ish boshlashimiz kerak”, — degandi Erdo‘g‘on.

Uning bu gaplarini Turkmanistondan Ozarbayjonga Kaspiy dengizi orqali gaz quvuri o‘tkazish niyati deb talqin qilish mumkin, deb yozadi “Xronika Turkmenistana”.

Middle East Eye nashri Turkiya rahabrining boshqa gaplaridan iqtibos keltirdi, unda tomonlar yangi gaz quvuri qurish imkoniyatini o‘rganayotgani haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri aytiladi: “Hozir hamkasblarimiz yangi quvur qurish imkoniyatini, qanday qadamlar qo‘yish kerakligini muhokama qilmoqda”.

Biroq Turkmen news qayd etishicha, 16-dekabr kuni rossiyalik senator Aleksandr Bashkin “Astraxanskiye Novosti” nashriga izoh berib, Rossiya Kaspiy orqali gaz quvuri qurilishiga rozilik bermasligini aytgan.

Shunisi qiziqki, senator bunga rozi bo‘lmaslikdan maqsad — Rossiyaning Yevropaga muqobil gaz manbalarini topishga xalal berish istagi ekanini, ammo bahona Kaspiy uchun salbiy ekologik oqibatlardan xavotirlanish bo‘lishini ochiqdan ochiq aytgan.

“Yevropada Turkmanistondan Bokuga transkaspiy gaz quvurini qurish, u yerdan esa Turkiya orqali Yevropaga tashish istiqbollari yana muhokama qilina boshladi. Ba’zi G‘arb ekspertlari bu Yevropani Rossiya gaziga bog‘liqlikdan qutqarish yo‘li deb, buni xursandchilik bilan kutmoqda.

Shuni bilish kerakki, beshta Kaspiybo‘yi davlatlar tomonidan imzolangan Kaspiyning maqomi bo‘yicha hujjatga muvofiq, ekologik xavfsizlik sohasiga ta’sir qiladigan loyihalarni amalga oshirish uchun Kaspiy beshligining barcha davlatlari rozilik berishi kerak. Gaz quvurining suv ostidan o‘tadigan qismi Kaspiy dengizi ekologik xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligini hisobga olib, Rossiya uni qurishga rozilik bera olmaydi”, — dedi Bashkin.

Turkmaniston tomonini esa senator “bizga do‘st bo‘lgan ushbu mamlakatda qazib olinayotgan har qanday hajmdagi gazni Xitoy, Hindiston va Rossiya to‘liq hajmda qabul qilishga qodir” ekani bilan tinchlantirishga urindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?