Daryo

Ilon Mask Twitter rahbari lavozimidan ketish yoki ketmaslik bo‘yicha ovoz berish tashkil qildi

Ayni paytga qadar foydalanuvchilarning aksariyati — 56 foizdan ortig‘i biznesmenning Twitter’ni tark etishini yoqlab ovoz bergan

1 daqiqa o‘qish12 406 ko‘rishlar0 izoh0

Twitter egasi Ilon Mask ijtimoiy tarmoqda kompaniya rahbari lavozimidan ketishi kerak-kerak emasligi haqida so‘rov tashkil qildi.

“Twitter rahbarligidan ketishim kerakmi? Men ushbu so‘rov natijalariga amal qilaman”, — deb yozdi Mask.

Ayni paytga qadar foydalanuvchilarning aksariyati — 56 foizdan ortig‘i biznesmenning Twitter’ni tark etishini yoqlab ovoz bergan. 43 foizdan ziyodi esa qarshi chiqqan.

Ovoz berish yana 6 soat davom etadi.

Sal keyinroq e’lon qilingan navbatdagi postida Mask shunday deb yozdi: “O‘z tilaklaringdan qo‘rq, deyishadi, ular amalga oshishi mumkin”.

Ilon Mask Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib oldi. O‘shandan buyon u ko‘plab shov-shuvli qarorlarni qabul qilmoqda. Chunonchi, u ko‘k verifikatsiya belgisini pulli qilib qo‘ydi, xodimlarning yarmini ishdan bo‘shatdi, Donald Trampning akkauntini blokdan chiqardi va, go‘yoki, josuslik bilan shug‘ullangan jurnalistlar akkauntlarini bloklab qo‘ydi.

Avvalroq Ilon Mask ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning akkauntini qaytarish yoki qaytarmaslik haqida ham ovoz berish tashkil qilgandi. 51,8 foiz foydalanuvchilar buni yoqlab chiqqach, Trampning akkaunti qayta tiklangandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar