Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH prezidenti Jo Bayden o‘z xavfsizligiga tahdidlar tufayli Ukrainaga va poytaxt Kiyevga bormoqchi emas. Bu haqda Politico Oq uy mansabdorlari orasidagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Ayni paytda Baydenning Kiyevga tashrif buyurish bo‘yicha rejalari yo‘q, asosan, xavfsizlik bilan bog‘liq risklar tufayli”, — deyiladi gazeta xabarida.

Avvalroq Ukraina Tibbiyot va xavfsizlikka ixtisoslashgan International SOS tashkiloti tomonidan e’lon qilingan 2023-yilda sayohat uchun dunyodagi eng xavfli davlatlar ro‘yxatida yuqori uchlikka kirgan edi.

10-dekabr kuni Pentagon Ukrainaga 275 million dollarlik navbatdagi yordam paketi haqida e’lon qildi, unga HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari o‘q-dorilari va 155 millimetrli artilleriya snaryadlari kiradi.

Jo Bayden AQSH Ukrainaga o‘z harbiy xizmatchilarini yubormayotgani, lekin unga moddiy yordam ko‘rsatayotganini aytdi. “Biz, xuddi avvalgidek, milliardlab dollarlik moddiy vositalarni jo‘natyapmiz”, — deb javob berdi prezident jurnalistlarning savoliga.

Aprel oyida Jo Bayden Kiyevga shaxsan borishga tayyorligini aytgandi. Iyulda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Baydenni yana bir marta chaqirdi. O‘sha oyda AQSH Kongressi delegatsiyasi Kiyevga keldi. Sentabrda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken, noyabr boshida esa AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Ukrainaga tashrif buyurdi.

Avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning o‘rinbosari Martin Griffits Xersonga tashrif buyurgan edi.

Shuningdek, noyabr oyida Ukrainaga Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak, AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Byorns ham kelgandi.

Ayni vaqtda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassga borishni rejalashtirmayotgani xabar berilmoqda. U Donbassga “mavridi kelganida” boradi, ammo hozircha bunday tashrif rejada yo‘q, dedi Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropaning qator davlatlari Istanbuldagi konsulligini yopdi. Turkiya to‘qqizta davlat elchisini TIVga chaqirtirdi
Mahalliy
Deputat Jahongir Ziyayev “xalqning ustidan kulayotgani” haqidagi xabar yolg‘on ekanini aytdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi