Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon noma’lum ballistik raketani uchirdi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi Janubiy Koreya harbiylariga tayanib.

Foto: EPA

Foto: EPA

Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mondonligi raketa bo‘yicha batafsil ma’lumot bermadi.

Pxenyan tomonidan ballistik raketaga o‘xshash raketa uchirilgani haqida Yaponiya hukumati tomonidan ham ma’lum qilindi, deb yozmoqda NHK. Ismini oshkor etmagan rasmiylarga ko‘ra, raketa Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga tushgan.

Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash boshqarmasi taxminan yarim soatdan keyin ikkinchi ballistik raketa uchirilganini ma’lum qildi. Yaponiya rasmiylariga ko‘ra, ikkinchi raketa ham Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga qulagan.

Pxenyan tomonidan avvalgi raketa bir oy oldin uchirilgandi. 18-noyabr kuni Shimoliy Koreya mamlakat yetakchisi Kim Chen In boshchiligida yangi turdagi qit’alararo “Xvason-17” ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi. Raketa Pxenyan xalqaro aeroportida uchirildi va 4135 soniya parvoz qildi. Parvoz masofasi 998 km, balandligi esa 6040,9 km bo‘ldi. Snaryad Yapon dengizidagi Koreya hududining belgilangan ochiq dengiz akvatoriyasiga qulagan.

OAV yozganidek, raketa sinovlari Koreya yarimorolidagi vaziyatni “xavfli chegaraga” olib kelgan AQSH va boshqa “dushman kuchlar”ning “harbiy qarama-qarshilik isteriyasi” fonida o‘tkazildi. Pxenyan raketa uchirilishini “suveren davlatning o‘zini himoya qilish huquqi” deb hisoblaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin