Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tug‘uruqdan keyin oziq-ovqat moddalarining yetishmovchiligi ko‘plab ayollar duch keladigan keng tarqalgan muammodir. Bu, odatda, homiladorlik paytida onaning organizmi kalsiy, temir, foliy kislotasi va ruxni o‘sayotgan chaqaloqqa yo‘naltirish bilan bog‘liq. Kerakli zaxiralarni tiklash uchun vitaminlarni tug‘uruqdan keyin qabul qilish kerak, deb yozadi Harper’s Bazaar Kazakhstan.

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Tug‘uruqdan keyingi vitaminlar prenatal vitaminlardan qanday farq qiladi?

Ular prenatal vitaminlarga qaraganda ko‘proq ozuqaviy moddalarni o‘z ichiga oladi:

  • organizmni energiya bilan to‘yintiradigan B guruhi vitaminlari;
  • kuchsizlangan mushaklarga yordam beradigan magniy;
  • miya salomatligini qo‘llab-quvvatlaydigan kalsiy va D vitamini;
  • gormonlar ishlab chiqarishni rag‘batlantiradigan yog‘ kislotalari.
Tug‘uruqdan keyin vitaminlar qabul qilishning qanday foydalari bor?

Laktatsiyaga yordam beradi. Agar ona bolasini emizayotgan bo‘lsa, quyidagi vitaminlar kerak bo‘ladi:

  • xolin — chaqaloqning miyasini rivojlantirish uchun;
  • yod — qalqonsimon bezning ishlashini va to‘g‘ri metabolizmni yo‘lga qo‘yish uchun;
  • vitamin B12 — kamqonlik va bolada rivojlanish kechikishining oldini olish uchun;
  • D vitamini — ona va bolaning suyak hamda yurak salomatligi uchun.
Anemiyaning oldini olishga yordam beradi.

Tug‘uruq paytida ko‘p qon yo‘qotish anemiyaga olib kelishi mumkin. Vaziyatni yaxshilash uchun kamida 10 mg temirni o‘z ichiga olgan vitaminlarni qabul qilish tavsiya etiladi.

Soch to‘kilishini kamaytiradi

Soch to‘kilishi ko‘pincha tug‘uruqdan 3 oy o‘tgach boshlanadi va 6 dan 12 haftagacha davom etadi. Bu hodisa organizmdagi selen, rux va misning yetishmasligi bilan bog‘liq. Shuning uchun ushbu minerallarni tug‘uruqdan keyingi vitaminlar shaklida ratsionga qo‘shish kerak.

Gormonlarni tartibga soladi

Homiladorlik paytida organizm ko‘p miqdorda progesteron ishlab chiqaradi, ammo tug‘uruqdan keyin bu gormon darajasi sezilarli darajada kamayadi. Bu depressiya va boshqa hissiy muammolarga olib kelishi mumkin. Vaziyatni yaxshilash uchun estrogen ishlab chiqarishga hissa qo‘shadigan omega-3 yog‘ kislotalari va B vitaminlari yordam beradi.

Mushaklar spazmini barataraf etadi

Tadqiqotlarga ko‘ra, ayollarning deyarli 50 foizi tug‘uruqdan keyin bir necha kun ichida og‘riqni boshdan kechiradi. Bu ko‘pincha magniy yetishmasligidan kelib chiqadi.

Tug‘uruqdan keyingi vitaminlar qancha vaqt davomida qabul qilinadi?

Shifokorlar vitaminlarni tug‘uruqdan keyin uch oy davomida yoki emizishni to‘xtatmaguncha qabul qilishni tavsiya qiladi.

Tug‘uruqdan keyingi vitaminlarni qanday tanlash kerak?

Vitaminlarni xarid qilishda ko‘p tanlovlar mavjud bo‘ladi, shuning uchun ehtiyojlarga e’tibor berish lozim.

  • Simptomlar. Misol uchun, charchoq yoki soch to‘kilishi kabi muayyan muammolar uchun vitaminlarni tanlash uchun shifokor bilan maslahatlashish mumkin.
  • Narxi. Tug‘ruqdan keyingi vitaminlarni 6-12 oy davomida qabul qilish uchun ularning byudjetga mos kelishiga ishonch hosil qilish muhimdir.
  • Organizm xususiyatlari. Agar ba’zi tarkibiy qismlarga allergiya yoki qarshilik bo‘lsa, shifokorga xabar berishni unutmaslik lozim.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi