Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi “Surxon” davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonlarga bo‘rilar muhrlandi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar bermoqda.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Bo‘ri itsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon hisoblanadi. Tashqi muhitga kuchli, chidamli va chaqqon, hid bilish va eshitish organlari yaxshi rivojlangan bo‘rilar O‘zbekistonning cho‘l, dashtlari, o‘rmon, to‘qay, tog‘ va tog‘ etaklarida keng tarqalgan.

Mutaxassislarning fikricha, bo‘rilarda ko‘rish qobiliyati ham juda yuqori bo‘lib, tunda ham har qanday sharpani ilg‘agan holda bemalol ov qila oladi.

“Surxon” davlat qo‘riqxonasida bo‘rilar ham muhofazaga olingan. Oxirgi sanoq natijalariga ko‘ra, ushbu qo‘riqxona hududida bo‘rilarning soni 95 tani tashkil etgan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin