Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi hududiga o‘rnatilgan fotoqopqonga kuch sinashayotgan takalar muhrlandi.
Qayd etilishicha, ilmiy atamada Sibir tog‘ echkilari deb ataladigan kiyiklar Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasida ham yashaydi va ular doimiy muhofazaga olingan. Oxirgi monitoring kuzatuvlariga ko‘ra, ularning soni qo‘riqxona hududida 450 taga yaqinni tashkil etgan.
Sibir tog‘ echkisining erkak(taka)larining bo‘yi 1 metr va ayrim hollarda bundan ham baland bo‘lishi kuzatilgan. Ularning og‘irligi esa 100 kilogramgacha bo‘ladi. Urg‘ochi echkilar esa nisbatan kichikroq, vazni kamdan-kam holatlarda 60 kilogramgacha borishi mumkin. Takalar shoxi yirik, ya’ni 130 santimetrgacha, ona echkilarning shoxi 40 santimetrgacha bo‘ladi.
Izoh (0)