• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” kundaligida 14-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 14-dekabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    “Ukraina xalqi bilan birdamlik” nomli konferensiyada qayta portlashlar yuz berayotgan Ukraina uchun 100 mlrd yevro to‘plandi

    Kiyevning Shevchenkivskiy tumanida portlashlar sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda shahar meri Vitaliy Klichko. 14-dekabr kuni ertalab Kiyev va Ukrainaning bir qator boshqa viloyatlarida havo hujumidan ogohlantirish e’lon qilindi.

    Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Kiyev aholisi dron va portlash tovushlarini eshitgan, bir nechta chaqnashlar ko‘ringan. Kiyev viloyatida havo hujumidan ogohlantirish e’lon qilinganidan keyin havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushdi, deb xabar bergan viloyat ma’muriyati rahbari Aleksey Kuleba.

    Ayni vaziyatda Parijda, 70 dan ortiq davlat va tashkilotlar ishtirokida “Ukraina xalqi bilan birdamlik” nomli konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiya yakunida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Kiyev uchun 1 milliard yevrodan ortiq yordam yig‘ishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi.

    AQSHda TikTok ijtimoiy tarmog‘ini taqiqlash taklif qilinmoqda 

    AQSHda respublikachi senator Marko Rubio Xitoyning TikTok qisqa videolar servisini taqiqlovchi qonun loyihasini taqdim etdi. Hujjat mualliflari ushbu ijtimoiy tarmoqdan amerikaliklarga qarshi josuslikda foydalanilishi mumkinligidan xavotirlanmoqda. Bu haqda senator saytida xabar berildi.

    Qonun loyihasi Xitoy va Rossiya tomonidan nazorat qilinadigan yoki ularning ta’siri ostidagi har qanday ijtimoiy tarmoq dasturlariga qarshi qaratilgan. Rubio Xitoy qonunchiligi bo‘yicha TikTok’ning bosh kompaniyasi ByteDance Xitoy Kommunistik partiyasiga ma’lumotlarni taqdim etishi shartligini eslatdi.

    “Federal hukumat AQSH foydalanuvchilarini TikTok tahdididan himoya qilish uchun hali biror muhim chora ko‘rmagan. Gap ijodiy videolar haqida emas, balki har kuni o‘n millionlab amerikalik bolalar va kattalar haqida ma’lumot to‘playdigan dastur haqida ketmoqda. Biz bundan xabarlarni manipulyatsiya qilish va saylovlarga ta’sir o‘tkazish uchun foydalanilayotganini bilamiz. Bu Xitoy Xalq Respublikasining javobi ekanidan xabarimiz bor”, — dedi senator.Vakillar palatasida tashabbusni respublikachi Mayk Gallaxer va demokrat Raja Krishnamurti qo‘llab-quvvatladi.

    Germaniyada davlat to‘ntarishi va Olaf Sholsga suiqasd rejasi topildi

    Germaniyada davlat to‘ntarishini uyushtirmoqchi bo‘lgan guruh mamlakat kansleri Olaf Sholsga suiqasd qilishni rejalashtirgan. Bu haqda tergovdan xabardor manbalarga tayanib, The New York Times xabar berdi.

    Politsiya davlat to‘ntarishi uyushtirishni rejalashtirgan guruhning uyini tintuv qilganda, yuzdan ortiq “ma’lumotni oshkor qilmaslik” to‘g‘risidagi kelishuvlarni topgan.“Unga imzo chekkanlar guruhning Germaniya parlamentiga hujum qilish va uning a’zolarini hibsga olish, shuningdek, kanslerga suiqasdni o‘z ichiga olgan rejani sir saqlashga qasamyod qilgan”, deyiladi xabarda.

    Ta’kidlanishicha, guruh a’zolaridan kimdir bu ma’lumotlarni ochiqlasa, o‘limga hukm qilinishi kerak bo‘lgan. Tintuv davomida politsiya 40 ga yaqin o‘qotar qurol va mingdan ortiq o‘q-dorilarni topgan, bu esa hali topilmagan o‘q-dorilar omborlari mavjudligidan dalolat beradi.

    7-dekabr kuni Germaniya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rayotgan 25 kishi, jumladan, Rossiya fuqarolari hibsga olingani haqida xabar berdi.Gumonlanuvchilar 2021-yilda tuzilgan terrorchilik tashkiloti a’zosi va tarafdorlari bo‘lib, ularning maqsadi “Germaniyadagi mavjud siyosiy tizimni ag‘darish” bo‘lgani aytilgan.

    Endilikda O‘zbekistonda ilmiy darajaga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlari qo‘shimcha haq oladilar

    O‘zbekistonda hukumat qarori davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

    Shunga ko‘ra, muassasalarning fan doktori (Doctor of Science), fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xodimlariga asosiy ish joyi bo‘yicha har oylik qo‘shimcha haq belgilanadi.

    Qo‘shimcha haq miqdori xodimning egallab turgan lavozimiga mutanosib ravishda, biroq bir stavkadan ortiq bo‘lmagan miqdorda har oyda hisoblanadigan lavozim maoshiga nisbatan belgilanadi.

    Xodim bir nechta muassasada qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, u asosiy ish joyi bo‘yicha qo‘shimcha haq olish huquqiga ega.Qo‘shimcha haq miqdori bir oyda — fan nomzodi yoki falsafa doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar uchun lavozim maoshining 30 foizidan hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar uchun lavozim maoshining 60 foizidan oshmasligi kerak.

    14.12.2022, 22:29   Izoh (0)   21371
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SSV sutkalik tug‘ilishlar va 103 xizmatiga qilingan murojaatlar sonini ochiqladi

    14.12.2022, 22:20

    “Hech kimga tahdid qilish niyatim bo‘lmagan”. Elektr va gazdan shikoyat qilganlarga qamoq haqida eslatgan namanganlik deputat chiqishiga izoh berdi (video)

    14.12.2022, 21:59

    Xorijda qiyin ahvolga tushganlarning ko‘pchiligini ishlash uchun norasmiy ketganlar tashkil qiladi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

    14.12.2022, 21:54

    “2023-yildan fuqarolarni Yaponiya va Isroilga ishlash uchun yuborish yo‘lga qo‘yiladi” — Afzal Ermatov

    14.12.2022, 21:21

    Bu yil 35 ming nafar fuqaro chet elga ishlash uchun jo‘natildi – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

    14.12.2022, 20:56

    O‘zbekistonga davolanish uchun eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelayotgani ma’lum qilindi

    14.12.2022, 20:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.