• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi nogironligi bo‘lgan shaxslarga murojaat yo‘llash imkonini beruvchi platforma yaratish uchun 700 mln so‘mlik shartnoma tuzdi

    Noyabr oyi o‘rtalarida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan Tovar-xomashyo birjasiga 737 million so‘mlik platforma yaratish bo‘yicha tender e’lon qilingan edi. Unda bir nechta IT kompaniyalari ishtirok etgan va g‘olib kompaniya aniqlangan. Tenderni yutib olgan kompaniya agentlik tomonidan qo‘ygan texnik shartlarni 700 million so‘mga 15 kun muddat ichida bajarib berishni o‘z zimmasiga olgan.

    Kam muddatda va katta mablag‘ evaziga yaratilayotgan platforma aytilgan summaga arziydimi va u nimasi bilan o‘ziga xos bo‘ladi? “Daryo” muxbiri ushbu savollar yuzasidan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i Hamza O‘razmetovdan izoh oldi.

    Hamza O‘razmetov

    Hamza O‘razmetov
    Foto: “Daryo”

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning mart oyida qabul qilingan “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tibbiy ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlat organlariga onlayn videoaloqa tizimi orqali murojaat qilish platformasini yaratish ko‘zda tutilgan.

    Foto: etender.uzex.uz

    Hamza O‘razmetovning aytishicha, farmonda nazarda tutilgan platformani ishlab chiqish uchun avgust oyidan ishga kirishilgan.

    “Agentlikning imkoniyatidan kelib chiqqan holda 14-noyabr kuni platformani yaratish uchun 737 million so‘m evaziga tender e’lon qilingan. Avval o‘rnatilgan tartib bo‘yicha platformaning taxminiy narxini aniqlash maqsadida bir nechta IT kompaniyalariga texnik shartlarimizni yubordik. Ular ko‘rsatgan narx balandroq bo‘lsa-da, agentlikdagi mavjud mablag‘dan kelib chiqqan holatda e’lon berishimizga to‘g‘ri keldi. Qaysi IT kompaniyalarda biz talab qilgan imkoniyati bo‘lsa tenderda qatnashdi va ular orasidan bittasi g‘olib bo‘ldi”, — dedi Hamza O‘razmetov

    Agentlik mas’ul xodimning ta’kidlashicha, g‘olib bo‘lgan kompaniyaga 3 ta tizim yaratib berish sharti qo‘yilgan va bu ishni bajarish uchun 15 kun muddat berilgan.

    “Platformaning birinchi qismida mobil ilova yaratiladi. Ilovadan nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tishi, video, foto va matn ko‘rinishida murojjat yollash imkoniyati beriladi. Shuningdek, murojaat qiluvchi o‘z manzilini ilovaning o‘zidan tanlagan holda ko‘rsatish imkoniyati bo‘ladi. Ikkinchi qismida esa platformadan 61 ta vazirlik va idoralarga alohida bo‘lib ajratiladi va ular murojaatlarni tegishliligi bo‘yicha javob berishlari mumkin bo‘ladi”, — dedi u.

    Qo‘shimcha qilinishicha, g‘olib kompaniyaga uchinchi ish sifatida Brayl alifbosi va imo-ishora tilini o‘rganish istagidagilarni ro‘yxatga olish va ularni Xalq ta’limi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yo‘naltiruvchi tizim ishlab chiqish yuklatilgan.

    Yuqorida sanab o‘tilgan 3 ta texnik shartlarni g‘olib kompaniya 700 million so‘m evaziga 15 kun muddatda tugallashi bo‘yicha agentlik ikki tomonlama shartnoma imzolangan. Demak, 2022-yilning so‘ngiga qadar platforma ishga tushishi kerak.

    13.12.2022, 18:30   Izoh (0)   12787
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bosh vazirga mart oyigacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelish bo‘yicha topshiriq berdim” — Shavkat Mirziyoyev

    13.12.2022, 18:27

    “‘O‘zbekiston havo yo‘llari’ kompaniyasini ham isloh qilish vaqti keldi” — Shavkat Mirziyoyev

    13.12.2022, 18:15

    Metan tanqisligi sabab Qashqadaryoda yo‘lkira narxlari oshgani xabar berilgandi. Viloyat transport boshqarmasi mazkur holatga munosabat bildirdi

    13.12.2022, 18:00

    “Bugun Uchtepada ‘oldindan tayyorlangan‘ ko‘chalarga emas, boshqa ko‘chalarga kirdim, ahvol qoniqarli emas” — prezident

    13.12.2022, 17:52

    Poytaxt tumanlarida elektr kuniga 2 soatdan rejali tarzda o‘chiriladi (jadval)

    13.12.2022, 17:38

    Andijondagi korxona 6 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi

    13.12.2022, 17:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.