Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Uchtepa tumani faollari bilan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Davlat rahbari, bugungi kundagi vaziyatni televizorda ko‘rgan boshqa, ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘rgan boshqa, jonli ko‘rgan boshqaligini aytdi.
“Men bugun sizlar bilan kelgusida qilishimiz kerak bo‘lgan ishlarni gaplashib olaman. Bugun Uchtepada oldindan tayyorlangan ko‘chalarga emas, boshqa ko‘chalarga kirdim, ahvol qoniqarli emas.
Mening to‘rtta vakilim oylik olyapti, ular uyalmaydimi bu holatni ko‘rib? Men sizlardan so‘rab ko‘chalarga kirmayman. Barcha joyda ahvol yaxshi bo‘lishi kerak. Ko‘p qavatli uylarning oldida qor kuralmagan, natijada muz bo‘lib qolgan”, — deydi prezident.
Izoh (0)