• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Hindistonga bormayman deb turib oldi”. Jasur Rafiqovning onasi Sardor Rahimxon uning davolanishi uchun 25 ming dollar bermoqchi bo‘lgani haqida (video)

    “Daryo” internet nashrining YouTube’dagi kanalida “Ummon” guruhi xonandasi Jasur Rafiqovning onasi Noila Rafiqova bilan suhbat tashkil etildi. U o‘g‘lining saraton kasalligiga chalinishi, nega Sardor Rahimxonning taklifini rad etgani haqidagi savollarga quyidagicha javob berdi.

    — Shahar onkologiya kasalxonasiga tekshirtirgani borsak, tahlillarni Hindistonga jo‘natish kerakligini aytishdi. U yerdan tahlil natijalari 15 kunda kelar ekan. Javoblar kelguniga qadar boshidagi kesilgan jarohat yanada shishib boraverdi. Keyin ukam onkolog tanishiga olib bordi. U shifokor urologiya sohasida faoliyat yuritar ekan. “Seni boshingga qarashmasam, tomog‘ingni tekshirishsin”, dedi. Shu kungacha uning tomog‘iga e’tibor bermagan ekanman. Bo‘qog‘i shishib ketgan ekan. Shahar onkologiyasidagi ba’zi shifokorlar “Bunga endi hech narsa yordam bermaydi”, deyishdi. Ularni shifokorga emas, qassobga o‘xshatgandim. Ukam tanish topib Jasurni Respublika onkologiya kasalxonasiga olib o‘tdi. “Shuncha vaqtni o‘tkazibsizlar, ertaroq shu yerga olib kelmaysizlarmi?” deyishdi. U yerda hamma narsa bepul ekan. Shifokorlar to‘rt marta kimyo terapiya olishi kerakligini aytishdi. O‘zimizda barcha tahlillarni tekshiradigan apparatlar bor ekan. Ammo shahar onkologiyasi bizni sarson qilib, tahlillarni Hindistonga yuborish kerakligini aytishdi. O‘n besh kunda hayolimdan nimalar o‘tganini tasvirlab berolmayman. Oyog‘im tagidagi yer uzilgandek bo‘ldi. O‘g‘lim hamisha tasalli berib: “Ona siz siqilmang, bu Allohning menga bergan sinovi. Meni suygani uchun bu dardni berdi”, derdi. Bu kasallik suyaklarda avj olarkan. Tekshiruv natijasida yelka va umurtqalarida ham borligini aniqlashdi. Boshidagi shish ochilgani uchun u avj olib ketdi. To‘rtinchi kimyo-terapiyani olganidan keyin ahvoli ancha yaxshilandi. O‘lim soatiga qadar Allohning nomi tilidan tushmadi. Aql-hushi joyida, xushsurat bo‘lib olamdan o‘tdi, — deydi Noila Rafiqova.

    Noila Rafiqova og‘ir kunda uni qo‘llab-quvvatlagan do‘stlariga minnatdorlik bildirib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — O‘g‘lim qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa ham qiyomatli do‘stlar orttirgan ekan. Uni qo‘llab-quvvatlaydigan insonlar ko‘p edi.

    Shohruh yoki Fattoh kechga yaqin “Nima ovqat yeging kelyapti”, deb “sms” yozishardi. Aytgan ovqatini olib kelib, soatlab yonida o‘tirishardi. Dilfuza Ismoilovaning o‘g‘li Sardor Isroilov ham vaqt topdi deguncha yoniga kelardi. “Aka tezroq sog‘ayib ketsangiz, sizga yoqqan mashinamni sovg‘a qilaman”, derdi.

    Zohid avariyaga uchragandan keyin Shohruh Instagram orqali “Ikki do‘stimni ham duo qilinglar”, deganidan keyin Jasurning kasalligi ko‘pchilikka oshkor bo‘ldi. Ertasiga “O‘zbekkonsert”dan ham kelib xabar olishdi. Ular zarli bejirim qutiga solingan “Yorliq” olib kelishibdi. O‘g‘lim mana shu bir parcha qog‘ozdan ham ko‘ngli ko‘tarilib quvonib ketdi.

    Foto: Instagram / @shoxrux_ummon_

    Foto: Instagram / @shoxrux_ummon_

    Bir kuni holsiz bo‘lib o‘tirganida uyimizga Sardor Rahimxon keldi. Shohruh Jasurning kasal ekanligi haqida aytgan ekan. Sardor Rahimxon kayfiyatini ko‘tarib, uzoq vaqt suhbatlashib o‘tirdi. O‘shanda Hindistonga olib borishi haqida aytgandi.

    Bir necha kundan keyin yordamchilaridan biri kelib, safar uchun hujjatlarni tayyorlashini aytdi. Jasur rosa xursand bo‘ldi. Safar harajatlarini so‘rasam kulib “Pulingiz bormi?” deb so‘radi. “Ha 2000 AQSH dollarim bor, yana kerak bo‘lsa qarz olaman”, desam “Jasur akamning harajatlaridan havotir olmang, ularga taxminan 25000 AQSH dollari ketadi”, dedi.

    Shohruh do‘stini yetaklab, xorijga chiqish pasportini olish uchun olib bordi. Jasur holsizligidan arang yurardi. Pasportlarni tayyor bo‘lganida negadir Jasur fikridan qaytdi. “Ona nima bo‘lsa bo‘ldi, ketmayman”, dedi. O‘shandayoq ko‘ngli nimanidir sezdimi “bormayman” deb oyoq tirab turib oldi, — deydi Noila Rafiqova.

    Jasur Rafiqov bolalikdagi do‘sti Zohid Risqiyevning dahshatli avtofalokatga uchragani haqidagi xabarni eshitib, salomatligi yana da yomonlashdi. Bu haqida onasi Noila Rafiqova quyidagilarni so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Avtofalokat sodir bo‘lgan tun qarindoshimizning to‘yida edim. Ertalab kelsam Jasur qovog‘ini uyib olgan, ko‘rinishi ham bir ahvolda. O‘sha kuni Jasurning tug‘ilgan kuni edi. Peshanasidan o‘pib, tabriklasam ham chehrasi ochilmadi. “Yoningda bo‘lmaganim uchun xafa bo‘ldingmi?” dedim. U boshini chayqab “Eshitmadingizmi? Zohidni...” dedi.

    Keyin bilsam 29-sentabr kuni Zohid avariyaga uchragan ekan. O‘g‘lim o‘zi bir ahvolda bo‘lsa ham do‘stidan xavotir olardi. Zohid oilada yolg‘iz o‘g‘il va boquvchi bo‘lgani uchun “Ona yaxshi bo‘lib ketsin. Bo‘lmasam Lola opa (Zohidning onasi)ga qiyin bo‘ladi”, derdi.

    Mana shu voqeadan keyin yana salomatligi yomonlashdi. O‘ylab qarasam ba’zi insonlar baqirib dardlarini tashqariga chiqarar ekan. Jasur indamay ichiga yutib yuraverar ekan. O‘shanda vaqtida odam baqirib turishi ham kerak ekan, deb xayolimdan o‘tkazgandim, — deydi Noila Rafiqova.

    Mavzuga doir:

    • “Hayotdagi ketma-ket zarbalar o‘g‘limni kasal qildi”. Marhum xonanda Jasur Rafiqovning onasi bilan suhbat (video)
    • “Aslida Alloh uni o‘ziga chaqirgandi”. Instagram’da Jasur Rafiqov xotirlanmoqda
    • “To‘shakka mixlanib qolganiga bir yilcha bo‘lgandi”. Jasur Rafiqovning o‘limiga qanday kasallik sabab bo‘lgani haqida ma’lumot berildi (video)
    • “Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda

    12.12.2022, 15:37   Izoh (1)   28109
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 176925427@telegram.org / 12.12.2022, 19:24

      Afsus

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Voyaga etgan farzandlari bilan chinakamiga faxrlanadigan mashhurlar (foto)

    12.12.2022, 10:48

    “Hayotdagi ketma-ket zarbalar o‘g‘limni kasal qildi”. Marhum xonanda Jasur Rafiqovning onasi bilan suhbat (video)

    11.12.2022, 22:44

    “O‘rtadagi 13 yosh farq pasportdagi raqamlar xolos”: aktyor Xyu Jekman rafiqasi bilan birga o‘tkazgan yaxshi-yomon kunlari haqida

    11.12.2022, 19:45

    Xit bo‘lgan birgina qo‘shig‘i tufayli umrining oxirigacha yetadigan boylik orttirgan yulduzlar (video)

    11.12.2022, 16:08

    Antonio Banderas “Shrek” multfilmining ekranlarga qaytishiga ishora qildi

    11.12.2022, 13:50

    Instagram: Alla Pugachyovaga aylangan Dilnoza Kubayeva, Sevinch Mo‘minova imijini o‘zgartirdi, hamkasblariga “tosh otgan” Nilufar Hamidova

    10.12.2022, 22:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstraliya Ukrainaga 49 ta Abrams tanklarini yetkazib berdi

    Dunyo | 19 iyul, 15:05

    Levandovski Polsha terma jamoasiga qaytadi

    Sport | 19 iyul, 15:00

    “Uyda yolg‘iz” filmida ko‘pchilik payqamagan mantiqsiz xatoliklar (foto)

    Kino | 19 iyul, 14:35

    Davlat granti qaysi taʼlim yo‘nalishlariga ko‘p ajratilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 14:03

    Yozgi transfer oynasida eng ko‘p xarajat qilgan klublar: “Chelsi” yetakchi, “Liverpul” va “Real” ham undan qolishmayapti

    Sport | 19 iyul, 13:30

    Britaniya Yevropa Ittifoqining Rossiya neftiga “yuqori narx chegarasi”ni pasaytirish bo‘yicha qaroriga qo‘shildi

    Dunyo | 19 iyul, 13:15

    O‘zbekistonga telefon importi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 12:50

    Kayfiyatingizni ko‘tarib, hayotga qiziqish uyg‘otadigan 7 ta film

    Kino | 19 iyul, 12:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.