Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
10-dekabr kuni soat 20:20 da Qarshi tumani “Dasht” mahallasida yashovchi 77 yoshli ayol R.P., 31 yoshli kelini N.B. va uning 8 yoshli o‘g‘li L.O. yashash xonadonida qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechidan chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 4-dekabr kuni Toshkent viloyatida er-xotin va ularning uch oylik chaqalog‘i, 8-dekabr kuni Xorazmda 1958-yilda tug‘ilgan fuqaro va uning 13 yoshli nevarasi is gazidan vafot etgandi. Namangandagi xonadonda qo‘lbola pech sabab yong‘in yuz berib, ikki kishi — biri 65 foiz, ikkinchisi 95 foiz kuyish jarohati olgandi.
Izoh (0)