Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazm viloyatining Yangibozor tumanidagi xonadonda ikki kishi is gazidan vafot etdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 8-dekabr kuni soat 08:51 larda Yangibozor tumani Tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi dispetcheridan tuman FVBga xabar kelib tushib, Yangibozor tumani Bog‘olon qishlog‘ida yashagan 1958-yilda tug‘ilgan J.R. hamda nevarasi 2009-yilda tug‘ilgan R.B.ning uyida vafot etgani bildirilgan.

Olib borilgan dastlabki surishtiruvlar natijasida ko‘ra voqea sodir bo‘lgan xonadonda to‘qqiz nafar fuqaro bo‘lgani, shulardan ikki nafari vafot etgani va qolgan yetti nafari tuman shifoxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani aniqlangan.

Ularning sog‘ligi yaxshi bo‘lgani uchun uyiga ruxsat berilgan. Ikki nafar fuqaro vafot etgani bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Surishtiruvni Yangibozor tumani prokuroturasi olib bormoqda.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov