O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokara o‘tkazadi.
TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, 12—14-dekabr kunlari Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiyasi AQSHga tashrif buyuradi. Vashington shahrida delegatsiya O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Tashrif doirasida Vladimir Norov AQSH davlat kotibi Entoni Blinkendan tashqari mamalakatning boshqa rasmiylari bilan ham muzokaralar o‘tkazadi.
Mavzuga doir: O‘zbekiston AQSH bilan faol va konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettiradi