Marokash terma jamoasi JCH—2022 chorak finalida Portugaliya 1:0 hisobida yengib, yarim finalga yo‘l oldi.
Volid Regragi boshchiligidagi jamoa Qatar mundialidagi beshta o‘yinda o‘z darvozasidan bitta to‘p olib chiqdi. Shunda ham to‘p raqib futbolchilari tomonidan kiritilmagan, Kanadaga qarshi bahsda Nayef Agerda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygandi.
Xorvatiya (0:0), Belgiya (2:0), Ispaniya (0:0, 3:0) va Portugaliyaga (1:0) qarshi bahslarda esa jamoa quruq o‘yin o‘tkazgan.
Marokash pley-off ishtirokchilari orasida o‘z darvozasidan eng kam to‘p olib chiqqan jamoaga aylandi. Tunis ham musobaqa davomida faqat bitta gol o‘tkazib yubordi, biroq jamoa guruhda qolib ketdi.
Yarim finalda Marokash terma jamoasi Fransiyaga qarshi bahs olib boradi.
Avvalroq Marokash Jahon Chempionati yarim finaliga chiqqan Afrika va arab mamlakatlarining ilk vakiliga aylangani xabar qilingandi.
Izoh (0)