Fransiya terma jamoasi JCH—2022 chorak finalida Angliyani yengib (2:1), yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
O‘yin davomida Fransiya darvozasi tomon ikkita penalti belgilandi, ularning birini Keyn golga aylantirgan bo‘lsa, ikkinchisida mo‘ljalda adashdi.
Shu tariqa Fransiya mundial o‘yinida o‘z darvozasida ikkita penalti belgilangan bo‘lsa-da, yakunda g‘alabaga erishgan tarixdagi ikkinchi jamoaga aylandi. Bundan avvalgi bunday natija 1930-yilgi Jahon Chempionati vaqtida Argentina tomonidan qayd etilgandi. Jamoa Meksikani 6:3 hisobida yutgan.
Keyn mundial o‘yinida ham penaltidan gol urgan, ham undan foydala ololmagan XXI asrdagi ilk futbolchi bo‘ldi.
Izoh (0)