• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bosh qonunimiz chinakam xalq qomusi, chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi” — Shavkat Mirziyoyev

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yillik bayrami munosabati bilan xalqqa tabrik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, xalqning xohish-irodasi bilan tanlab olingan huquqiy-demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib kelayotgan asosiy qonunning milliy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati beqiyos hisoblanadi.

    Mustaqilligimizning dastlabki yillarida, g‘oyat og‘ir va murakkab bir sharoitda qabul qilingan Konstitutsiyamiz bergan huquq va imkoniyatlar tufayli el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan o‘tgan davrda hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida ulkan yutuq va natijalarni qo‘lga kiritdik. Ana shunday mustahkam huquqiy asosga tayanib, keyingi yillarda mamlakatimizda keng ko‘lamli demokratik islohotlar jadal amalga oshirilmoqda.

    Eng muhimi, ijtimoiy-siyosiy hayotimizning mazmuni, vatandoshlarimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi tubdan o‘zgarmoqda. Yurtimizda yashayotgan har bir fuqaro, millati, tili va dinidan qat’i nazar, jamiyatimizning teng huquqli a’zosi, o‘z taqdirining chinakam egasi, mamlakatimizdagi barcha o‘zgarish va yangilanishlarga o‘zini nafaqat daxldor, balki bu jarayonlarning bevosita ishtirokchisi, erkin va bunyodkor inson sifatida his etmoqda.

    Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan shu bois har qancha faxrlansak, g‘ururlansak, arziydi, albatta.

    Muhtaram do‘stlar! Dunyo miqyosida “Yangi O‘zbekiston” degan ibora paydo bo‘lib, Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘-e’tibori tobora ortib bormoqda. Barchangiz xabardorsiz, shu kunlarda mamlakatimizda Asosiy qonunimizga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda. Ushbu konstitutsiyaviy islohotlarni Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmuni va mantig‘i, xalqimiz bildirayotgan talab, istak va takliflar, muxtasar aytganda, shiddat bilan o‘zgarayotgan davrning o‘zi taqozo etmoqda.

    Shu sababli hozirgi vaqtda “Inson – jamiyat – davlat” degan tamoyilni Konstitutsiyamiz va qonunlarimizga, kundalik hayotimizga chuqur singdirishimiz zarur. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, inson, uning hayoti, huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, inson qadrini ulug‘lash bu boradagi islohotlarimiz markaziga olib chiqilmoqda.

    Jumladan, ijtimoiy davlat tamoyili, oila institutining konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlash, keksa avlod vakillarini, nogironlarni ishonchli himoya qilish, xotin-qizlar va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim va ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish, fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash, ekologik muvozanatni saqlash, fuqarolik jamiyati institutlari hamda mahallaning huquq va vakolatlarini kengaytirish, ommaviy axborot vositalari erkinligini ta’minlash kabi ko‘plab prinsipial ahamiyatga ega masalalar Asosiy qonunimizda muhrlab qo‘yilmoqda.

    Bu jarayonda siz, aziz vatandoshlarimiz – turli kasb va ijtimoiy guruhga mansub fuqarolarimiz tomonidan bildirilgan barcha taklif, fikr va mulohazalar albatta inobatga olinadi va Konstitutsiya loyihasi umumxalq referendumiga olib chiqiladi. Ayni shu asosda Bosh qonunimiz chinakam xalq qomusi, chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi.

    Hurmatli yurtdoshlar! Pandemiya sharoitiga qaramasdan, mamlakatimizda mehnat jamoalarida, mahalla va ta’lim maskanlarida, xonadonlarda Konstitutsiya bayrami, ehtiyot choralariga amal qilgan holda, ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

    Biz yaqinlashib kelayotgan yangi – 2023-yil uchun ulkan dastur va rejalarni tuzmoqdamiz. Konstitutsiyamizda belgilab olayotgan ezgu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, aholi farovonligini oshirish, yangi uy-joylar barpo etish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha katta-katta vazifalar bu dasturlarda o‘zining aniq ifodasini topmoqda.

    Ishonchim komilki, barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, fidokorona mehnat qilib, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga albatta erishamiz. Aziz va muhtaram vatandoshlar! Sizlarni, butun xalqimizni Konstitutsiyamizning qutlug‘ bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

    Xalqimiz tinch, yurtimiz omon bo‘lsin! Barchamizni Yaratganning o‘zi panohida asrasin!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston prezidenti

    07.12.2022, 19:45   Izoh (0)   11036
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Metan gaz quyish shoxobchalarining aniq ish vaqti bor, lekin o‘zgarishlar kiritishga majbur bo‘lyapmiz” — energetika vaziri

    07.12.2022, 19:27

    “Bu — bizning aybimiz”. Energetika vaziri nega OAV muammolar bo‘yicha xalqqa ochiq tushuntirish bermayotganini izohladi

    07.12.2022, 19:10

    “Cheklovlar paytida shifoxonalardagi elektrni iloji boricha o‘chirmaslik ko‘zda tutilgan” — Jo‘rabek Mirzamahmudov

    07.12.2022, 18:35

    Energiya resurslari yetishmovchiligidan ko‘proq tadbirkorlar zarar ko‘radi. Bunga kim javobgar?

    07.12.2022, 18:31

    O‘zbekistonda 8-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

    07.12.2022, 17:55

    Gaz ittifoqi, atom elektrostansiyasi, gaz taqchilligi sabablari. Energetika vaziri dolzarb savollarga javob berdi

    07.12.2022, 17:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “O‘zbekistonda biznes muhiti sezilarli darajada yaxshilanmoqda” — Akmal Primkulov

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:00

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25

    “Faoliyatim davomida hech qachon bahona qilmaganman”. Chalxono‘g‘lu – Lautaroning so‘zlariga javob berdi

    Sport | 1 iyul, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.