Germaniya politsiyasi Bundestagga hujum qilishni rejalashtirgan o‘ng qanot ekstremistlarga qarshi eng yirik operatsiyalardan birini boshladi. Bu haqda Zeit xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 3 000 nafar politsiyachi mamlakat bo‘ylab 130 dan ortiq uy va xonadonlarda tintuv o‘tkazmoqda. 52 kishi hukumatni ag‘darishga tayyorlanganlikda gumon qilinmoqda, 25 kishi allaqachon hibsga olingan. 27 nafar shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Reydlardan maqsad o‘ng qanot ekstremistlar tarmog‘i a’zolari va “Reyx fuqarolari” millatchilik harakati tarafdorlarini aniqlashdan iborat.
Bu so‘nggi yillardagi eng yirik terrorizm ishi bo‘yicha olib borilayotgan operatsiyadir. U nafaqat o‘z ko‘lami, balki sudlanuvchilarning tarkibi bilan ham farq qiladi.
Tergovchilarning xulosasiga ko‘ra, davlat to‘ntarishini amalga oshirish uchun tuzilma yaratilgan bo‘lib, u ikki qanotga bo‘lingan: “Kengash” nomini olgan qanot siyosiy va hukumatni kuch bilan ag‘darmoqchi bo‘lgan qanot harbiy bo‘lgan. Tergov ma’lumotida ekstremistlar Bundestagga hujum qilish va deputatlarni garovga olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqqani keltiriladi.
Ma’lumot o‘rnida, 5-dekabr kuni Germaniyada noma’lum erkak maktabga ketayotgan o‘quvchilarni pichoqlagan edi. Oqibatda jabrlangan 13 va 14 yoshli qizlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, kasalxonaga olib ketilgan.
Izoh (0)