• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xronologiyasida 7-dekabr

    7-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR qo‘poruvchisiga oid faktlar o‘rin olgan

    Armanistonda 25 ming inson o‘limiga sabab bo‘lgan zilzila

    Armanistonda 1988-yil 7-dekabr kuni soat 11:41 da halokatli zilzila sodir bo‘lgandi. 30 soniya davom etgan yer osti silkinishlari davomida Spitak shahri deyarli yakson qilingan va Leninakan, Kirovakan va Stepanavan shaharlariga jiddiy zarar yetkazilgandi. Tabiiy ofat oqibatida jami 21 ta shahar, 350 ta qishloq talafot ko‘rgandi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Zilzila epimarkazi Spitak shahrida yer osti silkinishlari kuchi 12 balli shkalada 10 ballga yetgan, Leninakanda — 9 ball, Kirovakanda — 8 ball. Tabiiy ofat Armaniston shimoliga zarar keltirib, uning 40 foizga yaqin hududiga ta’sir ko‘rsatgan.

    Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, zilzila vaqtida yer qobili yorilishi zonasida 1945-yili Xirosima shahriga tashlangan 10 ta atom bombasining kuchiga teng energiya ajralgan. Zilzila oqibatida yuzaga kelgan to‘lqin Yerni aylanib chiqqan va Yevropa, Osiyo, Amerika va Avstraliyadagi ilmiy laboratoriyalarda qayd etilgan.

    Yer osti silkinishlaridan keyin episentr hududida bir oy davomida Kavkaz seysmologiya markazi 100 dan ortiq aftershokni qayd etgan. Asosiy zarbadan to‘rt daqiqa o‘tgach, kuchli zilzila sodir bo‘lgan, uning tebranishlari birinchidan seysmik to‘lqinlarga qo‘shilgan va zilzilaning zararli ta’sirini oshirgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 25 ming odam halok bo‘lgan, 140 ming kishi nogironga aylangan, 514 ming odam boshpanasiz qolgan. Zilzila Leninakan turar joy fondining 80 foizdan, Kirovakanning esa 50 foizdan ortiq qismini vayron qilgan.

    Zilzila respublika sanoat potensialining 40 foizga yaqin qismini ishdan chiqargan. 210 ming o‘quvchiga mo‘ljallangan umummilliy maktablar, 42 ming kishilik bog‘chalar, 416 ta sog‘liqni saqlash obyekti, ikkita teatr, 14 ta muzey, 391 kutubxona, 42 ta kinoteatr, 349 ta klub va madaniyat uylari buzilib ketgan yoki avariyaviy holatga kelgan. Shuningdek, yer osti silkinishlari 600 kilometr avtomobil, 10 kilometr temir yo‘lni yaroqsiz holatga keltirgan, 230 ta sanoat korxonasi qisman yoki butunlay vayron bo‘lgan. Respublikadagi ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning uchta bir qismi faoliyati to‘xtab qolgan. To‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazilgan zarar o‘sha vaqt hisobi bo‘yicha 10 milliard rublga baholangan, qayta tiklash ishlariga ketadigan xarajatlar esa ikki barobar ortiqni tashkil etgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Ekspertlarning baholashicha, Armanistondagi zilzila oqibatlari hududning seysmik xavfi to‘g‘ri baholanmagani, seysmik qurilishlar bo‘yicha normativ hujjatlar takomillashtirilmagani, qurilish ishlarining sifatsizligi, shuningdek, qutqaruv xizmatlari yetarlicha tayyorlanmagani bois shu qadar keng ko‘lamli tus olgan.

    Armanistondagi zilzila milliy fojiaga aylangan. Butun Sovet Ittifoqi yordamga kelgan. Fojia oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha komissiyaga SSSR Vazirlar Mahkamasi raisi Nikolay Rijkov boshchilik qilgan. Zilzila haqida ma’lum bo‘lishi bilan SSSR Mudofaa vazirligining birinchi samolyoti Moskvadan havoga ko‘tarilgan. Harbiy shifokorlar Leninakanga 7-dekabr kechqurun yetib kelgan. Ertasi kuni Moskvadan Armanistonga 98 nafar yuqori malakali tibbiyot xodimlari, harbiy jarrohlar kelib, birinchi sutkaning o‘zida 1,2 ming jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    1988-yil 10-dekabr kuni AQSHga uyushtirgan birinchi rasmiy tashrifini to‘xtatib, Leninakanga Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi Mixail Gorbachyov yetib kelgan. U voqea joyida amalga oshirilayotgan qutqaruv va qayta tiklash ishlarini ko‘zdan kechirgan.

    Armanistondagi zilzila butun dunyoni larzaga solgan. Jabr ko‘rgan respublikaga Fransiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH va boshqa davlatlardan qutqaruvchilar hamda shifokorlar kelishni boshlagan. Yerevan va Leninakan aeroportlariga dori vositalari, donorlik qonlari, qurilish texnikalari va birlamchi zarur vositalari ortilgan samolyotlar qo‘nishni boshlagan. Armanistonga jami 111 ta davlat gumanitar yordam ko‘rsatgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Qayta tiklash ishlariga Sovet Ittifoqining deyarli butun moddiy va mehnat imkoniyatlari safarbar etilgan. Vayron bo‘lgan Armaniston tumanlarini tiklashga ittifoq respublikalaridan 45 ming quruvchi jalb qilingan.

    “Bu Amerika uchun psixologik zarba edi”

    1941-yil 7-dekabr kuni yapon qo‘shinlari asosiy qismi AQSH Tinch okeani harbiy-dengiz kuchlari floti hamda Harbiy-havo kuchlari tomonidan egallangan Perl-Harbor bazasiga kutilmagan hujumni amalga oshirgandi. Yaponiyaga tegishli oltita aviatashuvchidan 353 ta samolyot havoga ko‘tarilib, bandargohda turgan kemalarga bomba va torpedalarni tashlagan. Shuningdek, yaponlar kichik suv osti kemalaridan ham foydalangan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    O‘sha kuni qariyb 2,5 ming kishi halok bo‘lgan, yana mingdan ortiq odam jarohat olgandi. AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining to‘rtta kemasi cho‘ktirilgan, uchta kreyser, uchta esminets va bitta mina tozalagichga zarar yetgan. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, 188—272 ta samolyot yakson qilingan. Yaponiya tomonidan esa yo‘qotishlar u qadar katta emas — 64 kishi halok bo‘lgan, 29 ta samolyot va beshta suv osti kemasi yakson etilgan. Butun operatsiya 90 daqiqa davom etgan.

    Hujumdan maqsad Amerika flotini yakson etib, Tinch okeani osmonida hukmronlikni qo‘lga kiritish bo‘lgan. Biroq shikast yetgan kemalar eski edi, zamonaviylari bo‘lsa boshqa joyda bo‘lgan. AQSH shu kuniyoq Yaponiyaga qarshi urush e’lon qilgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Amerikalik jurnalist va Pulitsar mukofoti laureati Stiv Tvomining aytishicha, hujumni osonlikcha bartaraf etish imkoniyati bo‘lgan, biroq bunga amerikaliklarning yaponlardan irqiy ustunligi hissi xalaqit bergan. “Butun 1941-yil davomida gazetalardagi maqolalar AQSH flotining ustunligini reklama qilgan. Agarda siz o‘sha gazeta va jurnallarni o‘qiganingizda, yaponlar kulgili va g‘alati inson sifatida tasvirlanganidan hayron qolardingiz. Go‘yoki ularning ko‘zlari noto‘g‘ri joylashgan, shu bois yaponlar yaxshi aviator bo‘lar olmas emish”, — deydi Tvomi.

    Jurnalistning fikricha, eng katta xatoga Amerika floti komandiri Xasband Kimmel yo‘l qo‘ygan. Chunki u mamlakatlar o‘rtasidagi keskinlik ortib borayotganini bilsa-da, havo razvedkasini amalga oshirmagan. Shuningdek, sodir bo‘lgan voqeada harbiy-dengiz operatsiyalar boshlig‘i Garold Starkning ham aybi bor: hujumdan bir necha kun oldin yaponlar elchixonadagi barcha hujjatlarni yoqishni buyurgan, 6-dekabr kuni esa AQSH shifrlangan xabarlarni qo‘lga kiritgan. Bularning barchasi hujum amalga oshishidan dalolat berardi.

    Bundan tashqari, mazkur voqeadan ikki oy oldin sovet razvedkachisi Rixard Zorge Moskvaga hujumga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida xabar bergan. Kreml bu ma’lumotlarni Vashingtonga taqdim etgan.

    Amerikaliklar Perl-Harborga torpedo tashlab bo‘lmaydi deb hisoblagan: bandargoh juda kichkina edi. Biroq yaponlar torpedalar suv ostiga chuqur kirib ketmasligini uchun ularga qo‘shimcha “dumlar” qotirgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    “Harbiy jihatdan hujum ko‘pchilik o‘ylaganidek dahshatli emasdi. Bu ko‘proq Amerikaga psixologik zarba edi. Bu vaqtda bandargohda Amerika aviatashuvchisi yo‘q edi. Bittasi G‘arbiy qirg‘oqlarda bo‘lsa, ikkitasi dengizda suzib yurardi”, — deydi Tvomi.

    Yarim yil o‘tgach aviatashuvchilardan biri yaponlarga qarshi jangda muhim rolni o‘ynaydi, natijada amerikaliklar Perl-Harborga hujumda ishtirok etgan oltita kemaning to‘rttasini cho‘ktirib yuborishga muvaffaq bo‘ladi. Hujum oqibatida shikast yetgan linkorlardan biri 1944-yil 6-iyun kuni Normandiya qirg‘oqlarida cho‘kib ketgan.

    Perl-Harborga hujum kutilganidek AQSHning Yaponiya oldida tiz cho‘kishiga olib kelmagan. Garchi Gavayidagi Tinch okean floti harbiy kemalariga katta talafot yetkazilgan bo‘lsa-da, bu davrda flotning asosiy kuchi hisoblanuvchi samolyot tashuvchi kemalar Perl-Harborda emasdi. Ularning bir nechtasi topshiriq asosida Tinch okeani bo‘ylab tarqalgan, qolgani esa AQSHga qaytgandi. Yana yettita kreyser va esminets ushbu kemalarga hamrohlik qilayotgandi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Shikastlangan kemalarning ham ikkitasidan tashqari barchasi tez orada qayta ta’mirlangan. Qolaversa, yaponlar hujumdan yana bir asosiy maqsad: neft omborlarini yo‘qotishni uddalay olmagandi.

    Perl-Harborga hujumning ertasigayoq AQSH prezidenti Franklin Delano Ruzvelt Kongressdan Yaponiyaga qarshi urush boshlashni so‘raydi. Kongress ham AQSH xalqi ham urushga kirishni bir ovozdan ma’qullaydi.

    8-dekabr kuni AQSH rasman Ikkinchi jahon urushiga qo‘shiladi. Shu kuni Qo‘shma Shtatlar Yaponiyaga qarshi urush e’lon qiladi. Oradan uch kun o‘tib esa Yaponiya ittifoqchilari Germaniya va Italiya AQSHga qarshi urush e’lon qildi. Shu tariqa iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish maqsadida Perl-Harborga hujum qilgan Yaponiya o‘z raqibini global urushga tortgan. Bu esa Yaponiyaning o‘zi uchun halokatli bo‘ladi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    AQSHning urushga kirishi Stalingrad jangi bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushida tub burilish yasagan voqea hisoblanadi. AQSH o‘z ittifoqchilariga aylangan Buyuk Britaniya va Sovet Ittifoqiga ulkan miqdorda pul va qurol-yarog‘ yetkazib berishni boshlagan. Bu esa o‘sha mashhur Stalingrad jangidagi SSSR qo‘shinlari g‘alabasiga hissa qo‘shgan.

    Yaponiya esa Perl-Harbor uchun og‘ir javob qaytaradi. Xirosima va Nagasaki shaharlariga insoniyat tarixidagi birinchi atom bombasi tashlanishi ham ma’lum ma’noda Perl-Harbor uchun qasos edi. Urushdan keyin Yaponiya uch ming yillik tarixida birinchi bor chet el kuchlari — AQSH armiyasi tomonidan egallab olinadi va yapon armiyasi tarqatib yuborilgan.

    40 yil qamoqxonaning bir kishilik kamerasida o‘tirgan erkak

    2012-yil 7-dekabr kuni Janubiy Koreyadagi qamoqxonaning yolg‘iz kamerasida eng uzoq muddat hibsda o‘tgan U Yon Gak vafot etgan. KXDR fuqarosi bo‘lgan qo‘poruvchi 40 yil 7 oy va 13 kun qamoqxonada saqlanib, ozodlikka erishgan edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Janubiy Koreyaga ko‘plab qo‘poruvchi bo‘linmalar dengiz orqali kirib kelgan: quruqlikdagi chegarani kesib o‘tish deyarli imkonsiz edi. 1958-yil 12-iyul kuni U Yon Gak bo‘linmasi bo‘lgan kater tumanda qirg‘oqqa yaqinlashib, Janubiy Koreya sohil qo‘riqlash xizmati xodimlariga tashlangan. U vaqtlar mamlakat josuslarga qarshi o‘ziga xos jazo qo‘llanilgan: ularga ommaviy ravishda kommunizmni rad etish, qilgan xatoliklarga iqror bo‘lish va janub tomoniga o‘tish taklif qilingan.

    U Yon Gak bo‘linmasining uch nafar a’zosi janubliklar tomonga o‘tgan. Ulardan biri shu onda saratondan vafot etgan. U Yong Gak va boshqa sheriklari vatanidan voz kechish taklifini keskin rad etgan. Natijada ularning har biri alohida kameraga joylashtirilgan. Yakkalik kameraning maydoni 12 kvadrat metrni tashkil etgan; mebellardan faqat singan matras bo‘lgan. O‘qish uchun hatto kitob va gazetalar ham berilmagan. Mahbuslar har kuni boylab qo‘yilib, kaltaklangan. U Yong Gak baqirmagan. U qiynoqlarga tishini tishiga qo‘yib chidagani uchun tishlari uqalanishni boshlagan va natijada chirib, tez orada barchasi tushib ketgan.

    “Nima uchun baqirmagansiz?”, — deya so‘ragan muxbirga Yong Gak quyidagicha javob qaytargandi: “Agar baqirsang, bu boshqa chiday olmasligini bildiradi. Ular sen chiday olmasligingni his qilsa, vahshiylashib ketishadi, chunki seni sindirish mumkinligi ayon bo‘lardi”.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Qish kunlari uni pol qismi sement bo‘lgan yer osti kamerasiga tashlashgan. Koreyada qish qattiq kuzatilishi bois qamoqxonalarda sharoit achinarli edi. Undan faqat bir narsa talab qilingan: mamlakati siyosati noto‘g‘riligini bildiruvchi arizaga imzo chekish. Buni amalga oshirishi bilan unga istalgan ish, turar joy, pul, mamlakatdan tashqarida erkin harakatlanish imkoniyati taqdim etilardi. Birgina radiomurojaat, bitta tan olish fakti Tejon qamoqxonasi darvozalarini ochib yuborardi. Ammo U Yong Gak qiynoqlarga chidashni davom etgan.

    KXDRda uni eslashmagan — erkak noqonuniy chegarani kesib o‘tgan qo‘poruvchi hisoblangan. Janubda ham u haqida gapirishmagan, chunki Yong Gak taslim bo‘lmaslik namunasi hisoblangan. Shuningdek, bu Janubiy Koreya xavfsizlik xizmati birgina odamni tavbasiga tayantira olmagani uchun faoliyatiga salbiy ta’sir qilardi.

    1999-yil 25-fevral kuni U Yong Gak qamoqdan ozod etilgan. Ko‘p o‘tmay u “Xalqaro amnistiya” vakillari bilan uchrashgan. Ularni erkakning xushmuomalaligi va hazil hissi hayron qoldirgan. Sobiq mahbusga birinchi navbatda Janubiy Koreyada qolish taklifi bildirilgan.

    “Menga ko‘p bora afv so‘rashni taklif qilishga. Har safar bu ishni qilishdan bosh tortganman”, — deydi u.

    Ozodlikka chiqqan U Yong Gak qahva avtomatlari va tugmali telefonlardan hayratga tushgan. Keyingi bir yil davomida uni mamlakatda qolishga ko‘rinishga urinishgan. Unga yangi iqtisodiy nazariyalar tushuntirilib, 10—15 yildan keyin KXDR iqtisodiyoti qulashi aytilgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “Statistika, iqtisodiyot — bu faqat raqamlar. Buyuk g‘oyasiz yashab bo‘lmaydi”, — degan Yong Gak.

    Erkak KXDRga qaytib kelishida u yerda oilasi tirik yoki o‘lib ketgani noma’lumligi, vataniga qadam qo‘yishi bilan hibsga olinishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan. Chunki uzoq vaqtda dushman tarafda hibsga qolgan razvedkachilarga rahm qilishmaydi. Shunga qaramay, Yong Gak o‘z yurtiga qaytib ketish fikridan qaytmagan edi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Hindlar tomonidan vayron qilingan Bobur masjidi, Monrealdagi politexnika institutidagi qizlarning o‘ldirilishi va Moskvada portlovchi moddalar ortilgan vagon halokati. Kun xronologiyasida 6-dekabr

    07.12.2022, 09:30   Izoh (0)   56623
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eronda yana besh kishi o‘limga hukm qilindi

    07.12.2022, 09:16

    Belarus armiyaning jangovar tayyorgarligini tekshirmoqda

    07.12.2022, 08:55

    Shoygu Ukrainani “yadroviy terrorizm”da aybladi (video)

    07.12.2022, 08:36

    Si Szinpin Saudiya Arabistoniga boradi. Tarixiy tashrif bo‘lishi kutilmoqda

    07.12.2022, 08:16

    “Daryo” kundaligida 6-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    07.12.2022, 08:01

    Rossiyada deputat maxsus kiberqo‘shinlar tuzishni taklif qildi

    07.12.2022, 00:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.