Alisher Usmonov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Usmonov Alisher Otaxonovich prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu o‘zgarish uning Namangan viloyati sudi raisi etib tayinlangani munosabati bilan amalga oshirilgan.
Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov 2018-yildan buyon fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston prezident davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
U oldinroq prezidentning Namangan viloyati Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida ishlagan.
Mavzuga doir:
- Prezidentning ikkita maslahatchisi lavozimi birlashtirilmoqda
- G‘ofurjon Mirzayev prezident maslahatchisi etib tayinlandi
- Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi bo‘ldi