Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zAning xabar berishicha, G‘ofurjon Mirzayev tayinlangan Prezident maslahatchisi lavozimi avvalgi ikkita maslahatchi lavozimini birlashtirish orqali yangi tashkil etilgan.

Foto: Daryo / Madina Nurman

Foto: Daryo / Madina Nurman

Bunda Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi (bunga qadar Tursinxon Xudaybergenov maslahatchi edi) hamda Prezidentning davlat xizmati masalalari bo‘yicha maslahatchisi (bungacha vakant edi) lavozimlari tugatilib, ularning negizida yangi lavozim joriy etilgan.

Shuningdek, so‘nggi paytlarda Xalq qabulxonalari faoliyati yetarli samara bermayotgani, joylardagi muammolarni hal qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘yib, asosan sansalorlik bilan shug‘ullanayotgani aholining haqli e’tirozlarini keltirib chiqarayotgani sababli Xalq qabulxonalari institutini kuchaytirish yuzasidan ayrim vazifalar belgilandi.

Jumladan, Xalq qabulxonalari xodimlariga ta’sirchan chora sifatida davlat organlari va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bo‘yicha qonunbuzilishlar yuzasidan ma’muriy bayonnomalar tuzish va sudga yuborish huquqi berilmoqda.

Hududlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va joylardagi vaziyatdan kelib chiqib, tezkor choralar ko‘rib borish maqsadida Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi tashkil etilayotgan administratsiya rahbari yordamchilari muvofiqlashtirib boradi va ular bevosita hududlarda o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Bunda administratsiya rahbari yordamchilari shtatlari mavjud shtat birliklarini qisqartirish evaziga tashkil etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi