Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-transport hodisasida vafot etgan yigitning onasi yo‘llagan murojaat tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Aniqlanishicha, 2021-yilning 25-avgust kuni 1971-yilda tug‘ilgan B.S. o‘zining boshqaruvidagi Nexia-3 avtomobilida Mirzo Ulug‘bek tumani Temur Malik 2-darajali ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan. Shu vaqtda yo‘lning belgilanmagan qismidan chiqib kelgan piyoda — 1997-yilda tug‘ilgan V.L.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda voqea joyida halok bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida barcha zaruriy tergov harakatlari o‘tkazilgan. Jumladan, sudga oid avtotexnik ekspertiza tayinlangan, 2021-yil 15-noyabr kunidagi xulosasiga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi vaziyatida Nexia-3 haydovchisi o‘z vaqtida keskin tormoz berish yo‘li bilan hodisaning oldini olish uchun texnik imkoniyatga ega bo‘lmagan.

Tergov jarayonida haydovchi B.S.ning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmagani sababli jinoyat ishi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandi (reabilitatsiya uchun asoslar, uning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa)ga asosan jinoyat ishi harakatdan tugatilgan.

Shuningdek, qarordan norozi bo‘lgan taraflar yuqori turuvchi organlarga murojaat qilishi mumkinligi tushuntirilgan.

Ma’lumot uchun, murojaatda ayol o‘g‘lining vafoti bosti-bosti qilingani, tergovchilar odam urib yuborgan shaxsni qo‘llab-quvvatlab, ishni yopishga harakat qilayotganini bildirgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Kripto
Bir haftada Binance kriptobirjasidan 2 mlrd dollardan oshiq mablag‘ chiqib ketdi