Ushbu yarmarka 30-noyabrdan 2-dekabrga qadar Toshkent shahridagi O‘zekspomarkazda bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Tadbirni bosh vazir o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi.
Yarmarka doirasida xalqaro ko‘rgazma tashkil etilib, unda Fransiya, Yaponiya, Malayziya, Tailand, Koreya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Ozarbayjon va boshqa davlatlarning turizm ma’muriyatlari o‘z milliy stendlari bilan qatnashmoqda.
Ta’kidlanishicha, tadbirda dunyoning 30 mamlakatidan 300 nafardan ortiq soha vakillari qatnashmoqda.
Qayd etilishicha, uch kun davomida soha mutaxassislari ishtirokida forum va sessiyalar, mahorat darslari, ko‘rgazmalar, dizaynerlar ishtirokida modalar namoyishi hamda B2B uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Izoh (0)