O‘zbekiston 2022-yilning yanvar—oktabr oylarida xorijga qiymati 28,9 mln dollarga teng bo‘lgan 171,6 ming dona televizor eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Televizor eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 99,7 ming donaga oshgan.
O‘zbekiston eng ko‘p televizorlarni Rossiyaga yetkazib bermoqda — 100,5 ming dona. Oktabr oyining o‘zida ushbu mamlakatga 27,5 ming dona televizor eksport qilingan.
Ikkinchi o‘rindagi Ozarbayjonda bu ko‘rsatkich ikki barobardan ham kamroq — 42,7 mingta. O‘tgan oyda Ozarbayjon O‘zbekistonda 2,2 ming televizor importini amalga oshirgan.
O‘zbekiston 10 oyda eng ko‘p televizor eksport qilgan qolgan davlatlar quyidagicha:
- Qozog‘iston — 16,5 ming dona;
- Tojikiston — 3,8 ming dona;
- Turkmaniston — 2,2 ming dona;
- Armaniston — 1,9 ming dona;
- Qirg‘iziston — 1,7 ming dona.
Izoh (0)