Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston 2022-yilning yanvar—oktabr oylarida 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,6 mln dollarga teng bo‘lgan 3,3 ming tonna limon eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: “Daryo”/ Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo”/ Dilruh Isomiddinova

Limon eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 362 tonnaga kamaygan.

2022-yilning 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar birinchiligida Rossiya (2,2 ming tonna) joylashgan. Bir oylik o‘sish ko‘rsatkichi 300 tonna.

O‘zbekiston limonni Rossiyadan so‘ng, eng ko‘p Qozog‘istonga jo‘natgan — 759 tonna. O‘tgan 9 oygan nisbatan o‘sish 62 tonna.

Eng ko‘p limon eksport qilingan davlatlar orasida Qirg‘iziston 392 tonna bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Bir oyda eksport quvvati 60 tonnaga oshgan.

Xorijga eng ko‘p limon eksport qilgan hududlar:

  • Farg‘ona viloyati — 1,4 ming tonna;
  • Xorazm viloyati — 528 tonna;
  • Toshkent viloyati — 464 tonna;
  • Namangan viloyati — 258 tonna.

Sentabrga nisbatan eng ko‘p limon eksport qilayotgan hududlar ketma ketligi o‘zgarmagan. O‘tgan 9 oyga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichahi mos ravishda 200, 17, 53 va 12 tonnani tashkil etmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda limon narxi sentabr oyida arzonlashgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov