Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qo‘shiqchi Alla Pugachyova o‘zining Rossiyadagi so‘nggi kompaniyasini tugatish jarayonini boshladi, deb xabar beradi “Oktagon” nashri.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

SPARK ma’lumotlar bazasiga qaraganda, aksiyalarining 100 foizi Pugachyovaga tegishli bo‘lgan “ABP” MCHJni tugatish haqidagi ariza 23-noyabr kuni berilgan. Kompaniya ovoz yozish va musiqiy asarlar chiqarish, televizion va radio uzatuv, ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini yaratish va ulardan foydalanish kabi sohalarda faoliyat olib borish huquqiga ega. Pugachyovaning Rossiyada “ABP”dan tashqari faol kompaniyalari yo‘q.

Rossiya Ukrainada maxsus operatsiya boshlagach, Alla Pugachyova va uning turmush o‘rtog‘i Maksim Galkin farzandlari bilan birga Isroilga jo‘nab ketdi. Xonanda “dam olish va davolanish” maqsadida ketganini ma’lum qilgandi. Avgustda esa Pugachyova Rossiyaga qaytib keldi.

Galkin ijtimoiy tarmoqlarda va konsertlari chog‘ida ko‘p bora Moskvaning xatti-harakatlariga qarshi chiqqan. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov uning gaplarini “axloqsiz” deb atadi. Ayni vaqtda Peskov Pugachyovaning o‘zidan birorta ham bayonot eshitmaganini aytdi. “Turmush o‘rtog‘i esa — ha, u bilan yo‘llarimiz kesishmaganligi aniq, eri juda yomon gaplar gapirdi”, — degan edi prezident matbuot kotibi.

Sentabr o‘rtalarida Rossiya adliya vazirligi Galkinni xorijiy agentlar ro‘yxatiga kiritdi. Idora talqiniga ko‘ra, artist “siyosiy faoliyatini amalga oshirishda” Ukrainadan moliyaviy ko‘mak olgan. Shundan keyin Pugachyova erini qo‘llab-quvvatlab post yozdi va uni ham bu ro‘yxatga qo‘shishlarini so‘radi.

Alla Pugachyova 29-sentabr kuni kenja farzandlari bilan birga xususiy samolyotda Rossiyani tark etgandi.

Keyinroq u Isroil pasportini olgani, Rossiyadagi qasrini esa sotuvga qo‘ygani xabar berildi. Shuningdek, uning qo‘shiqlari radioto‘lqinlardan olib tashlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov