Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Alla Pugachyova Rossiyani tark etib, Isroilga ketgan. Bu haqda uning o‘zi Instagram’da ma’lum qildi.

Foto: “Moskva” agentligi

Foto: “Moskva” agentligi

Xonanda o‘z muxlislariga “sevgi va qo‘llab-quvvatlashlari, haqiqatni yolg‘ondan ajrata olishayotgani uchun” minnatdorlik bildirdi.

“Sizlar uchun va Muqaddas zaminda tinchlik bo‘lishi uchun duodaman”, — deb yozgan Pugachyova.

OAV 29-sentabr kuni Pugachyova Vnukovo aeroportidan Isroilga uchib ketgani haqida yozgan edi. O‘shanda xonanda va uning vakillari bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

Urush boshlanganidan ko‘p o‘tmay Rossiyani tark etgan Pugachyova avgust oyida mamlakatga qaytgan. O‘shanda u boshqa mamlakatga ko‘chish niyatida emasligini va farzandlari Rossiyadagi maktabga borishini aytgandi.

Sentabr oyi o‘rtalarida Rossiya hukumati Pugachyovaning turmush o‘rtog‘i, ko‘p marotaba urushga qarshi chiqqan Maksim Galkinni “xorijiy agent” deb e’lon qildi. Shundan so‘ng, xonanda o‘zini ham chet el agenti deb e’lon qilishlarini ochiqchasiga so‘radi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi