Xitoy xalq respublikasining sobiq rahbari Szyan Szemin 96 yoshida Shanxayda vafot etdi. Sinxua axborot agentligining xabar berishicha, o‘limga leykemiya va poliorgan yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
Szyan Szemin 1993-yildan 2003-yilgacha XXR raisi lavozimida ishlagan.
Xitoy Kommunistik partiyasiga yo‘llangan maktubda e’tirof etilishicha, Szyan Szemin yuksak obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan, butun partiya, barcha harbiylar va turli millatga mansub Xitoy xalqi tomonidan e’tirof etilgan buyuk rahbar, buyuk marksist, buyuk proletar inqilobchisi, davlat arbobi, harbiy strateg va diplomat, xitoycha sotsializmning buyuk ishlari rahbari edi.
Izoh (0)