Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi fonida Yevropa Rossiyadan suyultirilgan gaz (LNG) importini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42 foizga oshirdi. Bu haqda Unian xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda Rossiyadan olib kelingan LNG ushbu yoqilg‘ining Yevropa dengiz importining 16 foizini tashkil qiladi. Xomashyoning deyarli hammasi Fransiya, Belgiya, Ispaniya va Gollandiyaga yetkazilgan.

Qayd etilishicha, Rossiya Yevropaga 17,8 milliard kub metr LNG eksport qildi va mintaqadagi ikkinchi yirik yetkazib beruvchiga aylandi.

Birinchi o‘rinni 42 foizlik ulush bilan AQSH, uchinchi o‘rinni 13,7 foiz bilan Qatar egallagan.

Umumiy hajmi 17,8 milliard kubometr bo‘lib, hozirgacha quvurlar orqali yetkazilgan 62,1 milliard kub metr gazning kichik bir qismini tashkil etadi.

Refinitiv tahlilchilariga ko‘ra, yil boshidan buyon Yevropa rekord darajadagi 111 milliard kub metr LNG import qildi, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 70 foizga ko‘pdir.

Avvalroq Yaponiya LNG uchun jahonda raqobat kuchayishi haqida ogohlantirayotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi