Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevropa parlamenti Rossiyani “terrorizm homiysi” deb e’lon qilganiga munosabat bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Bu yuridik jihatdan qandaydir majburiy xususiyatga ega emas. Bunga shunday munosabatda bo‘lish kerak. Yevropa parlamenti faoliyatida his-tuyg‘ularga, hissiy yondashuvga tayanadigan tashkilotdir”, — deydi Peskov.

Shuningdek, Kreml rasmiysi so‘nggi yillarda Yevroparlament Rossiyaga unchalik yaxshi munosabatda bo‘lmaganini ta’kidlagan.

“Bunga javoban bizda u yerda bo‘layotgan voqealarni yurakka yaqin olish ishtiyoqi yo‘q. Ayniqsa, rusofobiya va Rossiyaga bo‘lgan nafrat to‘lib-toshganda”, — deydi u.

23-noyabr kuni Yevroparlament Rossiyani Ukrainadagi urush bilan bog‘liq holda “terrorizmga homiylik” qiluvchi davlat sifatida tan olish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Uni 596 deputatdan 494 nafari qo‘llab-quvvatladi, 58 nafar deputat qarshi, 44 nafari esa betaraf qoldi. NATO Parlament assambleyasi Rossiyani terrorchi davlat deb tan olgan.

Bundan tashqari, Niderlandiya parlamenti Rossiyani terrorizm homiysi deb e’lon qilgan. Estoniya parlamenti ham Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat deb topgan. Oq uy esa Rossiyani terrorizm homiysi deb tan olishdan bosh tortish sababini tushuntirgan.

Mavzuga doir: Zelenskiy Yevroparlament Rossiyani “terrorizm homiysi” deb e’lon qilganiga munosabat bildirdi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
Dunyo
“Ikkinchi Chernobil” — Dunaydagi ekologik halokat, qimmatbaho kartinalar ortilgan Boeing’ning bedarak yo‘qolishi va Gandiga uyushtirilgan suiqasd. Kun xronologiyas...
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?