Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Niderlandiya parlamentining quyi palatasi — Vakillar palatasi Rossiyaning Ukrainaga bosqini sabab uni terrorizmga homiy davlat deb e’lon qildi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

NRC Handelsblad gazetasining yozishicha, 24-noyabr kuni ushbu qaror uchun parlament a’zolarining mutlaq ko‘pchiligi ovoz bergan. Rossiya armiyasi Ukrainadagi tinch aholi nishonlarini “ataylab” o‘qqa tutmoqda, deyiladi parlamentda qabul qilingan hujjatda.

Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Vopke Xukstraning ta’kidlashicha, parlament qarori faqat ramziy bo‘lib, mamlakat qonunchiligida terrorizm homiysi deb e’lon qilinganlar uchun hech qanday oqibatlar ko‘zda tutilmagan.

23-noyabr kuni Yevroparlament Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilgan edi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin Litva, Latviya, Estoniya, Polsha va Chexiya parlamentlari u yoki bu shaklda Rossiyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat deb tan oldi. Yevropa kengashi parlament assambleyasi va NATO ham o‘z a’zolarini Rossiyani “terrorchi rejim” deb tan olishga chaqirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)