Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona vodiysidan Toshkentga ketayotgan transport vositasi Qamchiq dovonida yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, YTH 24-noyabr kuni soat 4:34 da Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan. Vodiy—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Isuzu yukmashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa borib urilgan. Mashina ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatida haydovchi transport vositasi saloni ichida qisilib qolgan.

Voqea joyiga “Qamchiq” yong‘in-qidiruv, maxsus-qutqaruv guruhi xodimlari, YPX xodimlari yetib borgan. Qutqaruvchilar maxsus anjomlar yordamida qisilib qolgan haydovchini yuk mashinasi ichidan sog‘ holatda chiqarib olgan. Unga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi