Futbol bo‘yicha JCH—2022 2-turida Niderlandiya va Ekvador terma jamoalari 25-noyabr, juma kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Kodi Gakpo hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Ekvador a’zosi Enner Valensiya muvozanatni tikladi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va durang natija qayd etildi.
Niderlandiya va Ekvador 4 ochkodan jamg‘arib, guruhda 1 va 2-o‘rinlarni egallab turibdi.
A guruhining ikkinchi o‘yinida Senegal Qatar ustidan g‘alaba qozondi.
JCH—2022
2-tur bahsi
25-noyabr, juma
Niderlandiya — Ekvador 1:1
Gollar: 1:0 – 6 Gakpo, 1:1 – 49 Valensiya.Niderlandiya: Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind, Klassen (Bergeys, 69), Kopmeyners (de Ron, 79), de Yong, Bergveyn (Depay, 46), Gakpo (Vegorst, 79).
Ekvador: Galindes, Presiado, Torres, Poroso, Inkapie, Estupinyan, Mendes, Plata (Ibarra, 90), Kaysedo, Valensiya (Rodriges, 90), Estrada (Sarmiento, 74).
Ogohlantirish: Mendes (57).
Izoh (0)