Uels yarim himoyachisi Garet Beyl JCH—2022 guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Eronga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Shu tariqa uelslik futbolchi terma jamoa safidagi o‘yinlari sonini 110 taga yetkazib oldi va rekord o‘rnatdi.
Bunga qadar rekord zaxirada qoldirilgan Kris Ganterga tegishli edi. Ganter 109 marta Uels sharafini himoya qilgan.
Beyl Uels safida 41 ta golga mualliflik qilgan va bu borada ham yetakchi hisoblanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)