O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar—oktabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 2,9 mln dollarga teng bo‘lgan 433 tonna kofe import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kofe importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 152 tonnaga oshgan. Oktabr oyida O‘zbekistonga 92 tonna qahva olib kelingan.
O‘n oy ichida O‘zbekistonga import qilingan kofe miqdori bo‘yicha Italiya yetakchilik qilmoqda — 107,5 tonna. Birgina oktabr oyida ushbu mamlakatda 19,1 tonna qahva olib kelingan.
O‘zbekistonga qahva yetkazib berish bo‘yicha oktabr oyida Rossiya 66,2 tonnalik ko‘rsatkich bilan Braziliyani (58,9 tonna) ortda qoldirib ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Braziliyadan kofe importining qisqarishiga ushbu mamlakatdagi kofe zaxiralari tarixiy eng past darajaga yaqinlashgani sabab bo‘lgan.
O‘zbekistonga kofe yetkazib bergan boshqa davlatlar:
- Polsha — 45,6 tonna;
- Germaniya — 30 tonna;
- Hindiston — 24,8 tonna;
- Vyetnam — 22,4 tonna;
- Turkiya — 16,4 tonna.
Izoh (0)