O‘zbekistonda 1-noyabr holatiga ko‘ra, 1 352 nafar yakka tartibdagi tadbirkor va 4 377 nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs repetitorlik xizmati ko‘rsatmoqda. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.
Repetitorlar soni bo‘yicha qolgan hududlarga nisbatan katta farq bilan Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda — 1 905 nafar. Bu eng yaqin ko‘rsatkichga ega Jizzax viloyatidan (630 nafar) uch barobar ko‘p
Repetitorlar soni nisbatan ko‘proq huqudlar:
- Toshkent shahri — 1 905 nafar;
- Jizzax viloyati — 630 nafar;
- Samarqand viloyati — 520 nafar;
- Toshkent viloyati — 482 nafar;
- Farg‘ona viloyati — 318 nafar.
Sirdaryo viloyatida repetitorlar qolgan hududlarga qaraganda ancha kamroq — 59 nafar.
Shuningdek 2022-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38 foizga ko‘paydi.
Bunday o‘sish o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaytirilgani bilan izohlanadi.
Izoh (0)